Xorijliklar O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi sohalariga ko‘proq qiziqish bildirmoqda

Obuna bo‘lish
Yil boshiga kelib respublikada xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni yana oshdi. Eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-fevral holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinni sanoat egallagan.
Yil boshida respublikada bunday korxonalar soni 18 513 taga yetgan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 349 taga, ya’ni qariyb 2 foizga ko‘p.
Sohalar kesimida bir oy ichida eng katta o‘sish savdoda kuzatildi — korxonalar soni 124 taga oshdi. Qurilish sohasida 32 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 17 ta, axborot texnologiyalari va aloqa sohasida esa 16 ta yangi korxona qayd etildi.
Batafsil ma’lumot Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0