Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda bojxona qoidalari yangilandi: import uchun hujjatlar soni qisqaradi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishYeAES obsujdayet gospodderjku agrariyev
YeAES obsujdayet gospodderjku agrariyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi yanada yengillashadi. Yangi qaror sertifikatlardan kengroq foydalanish va hujjatlar sonini kamaytirishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha imtiyozsiz qoidalarga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tuzatishlar hujjatni tashqi savdoning zamonaviy sharoitlariga moslashtirish va tovar kelib chiqishini tasdiqlash tartibini soddalashtirishga qaratilgan. Asosiy yangilik — tarif imtiyozlari uchun beriladigan sertifikatlar orqali tovarning imtiyozsiz kelib chiqishini ham tasdiqlash imkoniyati joriy etildi.
Agar “imtiyozli” sertifikat mahsulotni qayta ishlash chuqurligini tasdiqlovchi mezonlar asosida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, u holda undan imtiyozsiz qoidalar doirasida ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu esa YeOIIga import qilinadigan ayrim tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi uchun talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartiradi.

YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyovning ta’kidlashicha, yangilangan qoidalar, ayniqsa, Ittifoq bilan erkin savdo to‘g‘risida kelishuvlarga ega davlatlardan import operatsiyalarini amalga oshirishda hujjat aylanmasini qisqartirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, bojxona organlari tomonidan tashqi savdoni tartibga solish sifati saqlab qolinadi.
Yangi tahrirga muvofiq, tovarning oxirgi oluvchisi Ittifoqqa a’zo besh davlatdan qaysi birida joylashganidan qat’i nazar, kelib chiqish sertifikatida YeOII yoki uning istalgan davlati belgilangan mamlakat sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Bu norma, ayniqsa, uchinchi mamlakatdan yuborilgan partiyaning manzili yetkazib berish jarayonida o‘zgargan hollarda bojxona tartib-taomillarini yengillashtiradi.
Ma’lumot uchun, tovarlarning kelib chiqishini aniqlashning imtiyozsiz qoidalari 2018-yil 13-iyuldagi 49-son qaror bilan tasdiqlangan bo‘lib, notarif tartibga solish choralarini qo‘llash va ichki bozorni himoya qilish maqsadida amal qiladi.
Press-konferensiya ministra po integratsii i makroekonomike YeEK Daniyara Imanaliyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII davlatlari iqtisodiyoti: YeIK vaziri 2025-yilning asosiy raqamlarini e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0