Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Sumi viloyatida Ukrainaning ikkita hujum guruhi yo‘q qilindi

© RIA NovostiRossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto
Rossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina o‘tgan hafta davomida to‘rtta aholi punktini va 8,4 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari Sumi viloyatida qarshi hujumga urinish paytida ikkita hujum guruhini yo‘qotdi, deb xabar qilmoqa RIA Novosti.
"Dushman natsistlardan ibort 153-"Arey" polkining kuchlaridan foydalangan holda muvaffaqiyatsiz qarshi hujumni amalga oshirdi. Ular ikkita hujum guruhi bilan turli pozitsiyalardan hujumga o‘tishga urindi, ammo bizning razvedka tomonidan oldindan aniqlandi", - dedi agentlik manbasi.
Rossiya Qurolli Kuchlari ikkala hujum guruhini ham yo‘q qildi va Ukraina qarshi hujumini barbod qildi.
Sumi viloyati "Shimol" kuchlar guruhi mas’uliyati doirasida. O‘tgan hafta davomida Ukraina Qurolli Kuchlari 1425 dan ortiq askar, oltita zirhli jangovar mashina, 81 ta transport vositasi, 12 ta dala artilleriya qurilmasi, Grad va Vampire yoppasiga o‘t ochish tizimi, ikkita elektron kurash stansiyasi va 45 ta omborni yo‘qotdi.
Prezident Vladimir Putin ta’kidlaganidek, armiya Xarkov va Sumi viloyatlari bilan chegarada xavfsizlik bufer zonasini yaratish vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta davomida Ukraina to‘rtta aholi punktini yo‘qotdi, UQK 8,4mingdan ortiq harbiy xizmatchilari, 125ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 63ta artilleriya qurollari, 2ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinalari, 4ta neptun raketasi, 466ta harbiy avtomobil va 1243ta uchuvchisiz apparatlaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0