Qishki ertakning qoq markaziga sayohat - foto

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonning qoq yuragida joylashgan Bo‘stonliq tog‘lari sizni unutilmas qishki sayohatga chorlaydi. Bu yerda har bir lahza — haqiqiy drayv va orom uyg‘unligi!
Bo‘stonliq — O‘zbekistonning qishki sayohatlar markazi. Bu yerda xalqaro talablarga javob beradigan Amirsoy, Beldirsay va Chimon dam olish maskanlari bor. Chang‘i hamda snoubord ishqibozlari uchun ayni muddao joylar.
Oilaviy hordiq chiqarish uchun esa qorda uchish (tubing), kvadrotsikl va snegoxodlarda qiziqarli sayrlar tashkil etilgan. Amirsoy va Chinorkentdagi zamonaviy kanat yo‘llari orqali tog‘lar va Chorvoqning go‘zal manzarasini tomosha qilib, shinam shalelar va modulli kapsulalardan foydalanish mumkin.

Chinorkentning kuzatuv terrasasiidan ko‘rinadigan qishki tog‘ manzarasi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qorli Chimon tizmalarining qishki go‘zalligi. Fotosuratda oppoq qor bilan burkangan tog‘ yon bag‘irlari va uning poyidagi mashinalar bilan to‘lgan gavjum to‘xtash joyi aks etgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Zamonaviy Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qorli yo‘llarda adrenalin va tezlik zavqi! Kvadrotsiklda qishki sayohat — haqiqiy drayv ishtiyoqmandlari uchun."
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qorli Chimon bag‘rida ot bilan sayr qilishning gashti bo‘lak. Ushbu suratda O‘zbekiston tog‘larining qishki go‘zalligi va an’anaviy hordiq lahzalari muhrlangan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Bo‘stonliqning borish qiyin bo‘lgan sokin go‘shasida kelajak mehmonxonasi qad rostlagan. Chimon bag‘ridagi ushbu ko‘chma modulli kapsulalar xuddi fantastik filmlardan chiqqandek. Derazadan boqqanda esa Chorvoqning moviy suvlari va mag‘rur tog‘lar ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Tabiat va texnologiyaning bunday uyg‘unligi sizga unutilmas xotirlar taqdim etadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Chinorkent tog‘ majmuasidan panoramali ko‘rinish, Tan-Shanning qorli tizmalari ko‘rsatilgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qishning sehrli manzarasi: tog‘ bag‘ri oppoq, qalin qor bilan burkangan. Tepalikning muloyim qiyaligi uzra kimningdir — balki inson, balki biror jonivorning yangi bosilgan izlari olisga qarab ketgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Amirsoy Ekspress dor yo‘li: Yo‘lning umumiy uzunligi 2913 metrni tashkil etadi. U 74 ta kabina bilan jihozlangan bo‘lib, ularning har biri 10 kishigacha sig‘dira oladi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Faol dam olishdan so‘ng mehmonlar spa-markazlarda hordiq chiqarib, kaminonli restoranlarda iliq muhitdan zavq olishlari mumkin.
© Sputnik / Baxrom Xatamov