https://oz.sputniknews.uz/20260212/yogingarchilik-tashkent-xizmatlar-kuchaytirilgan-rejim-55640096.html
Yog‘ingarchilik sabab Toshkentda shahar xizmatlari kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi
Yog‘ingarchilik sabab Toshkentda shahar xizmatlari kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Kuchli yog‘ingarchilik sabab Toshkentning ayrim hududlarida suv to‘planishlari kuzatilmoqda. Shahar xizmatlari kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi, kanalizatsiya tizimlari tezkor tozalanmoqda.
2026-02-12T10:33+0500
2026-02-12T10:33+0500
2026-02-12T10:49+0500
o‘zbekiston
yomg‘ir
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/09/15363778_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_2195353e6ec35494e3ec80b27ca6e31d.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Kuchli yog‘ingarchilik tufayli ayrim hududlarda vaqtinchalik suv to‘planishlari kuzatilayotgani sabab Toshkent shahrining barcha tegishli xizmatlari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilib, kechayu kunduz faoliyat olib bormoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘lgani sababli yomg‘ir kanalizatsiyasi va oqova suv tizimlariga jiddiy yuklama tushgan.Hokimlik maishiy chiqindilar suv oqimini qiyinlashtirishi va mahalliy suv to‘planishlariga sabab bo‘lishini ta’kidladi. Aholidan obodonlashtirish qoidalariga rioya qilish va chiqindilarni suv oqava kanallariga tashlamaslik so‘raldi.Suv to‘planishi holatlari aniqlansa, “Xalq nazorati” portali, hokimlikning rasmiy Telegram-boti yoki 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20251122/toshkent-havo-ifloslanishi-53671004.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/09/15363778_124:0:2855:2048_1920x0_80_0_0_9d3cd4484afbc3a63876c7e0812f6881.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, yog‘ingarchilik, suv to‘planishi, shahar xizmatlari, kanalizatsiya, oqova suv tizimi, hokimlik, 112, 1055, xalq nazorati, telegram-bot
toshkent, yog‘ingarchilik, suv to‘planishi, shahar xizmatlari, kanalizatsiya, oqova suv tizimi, hokimlik, 112, 1055, xalq nazorati, telegram-bot
Yog‘ingarchilik sabab Toshkentda shahar xizmatlari kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi
10:33 12.02.2026 (yangilandi: 10:49 12.02.2026) Yog‘ingarchilik meyordan yuqori bo‘lishi oqibatida Toshkent shahrida yomg‘ir kanalizatsiyasi va oqova suv tizimlariga yuklama oshdi, quduqlar va ariqlar tezkor tozalanmoqda.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Kuchli yog‘ingarchilik tufayli ayrim hududlarda vaqtinchalik suv to‘planishlari kuzatilayotgani sabab Toshkent shahrining barcha tegishli xizmatlari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilib, kechayu kunduz faoliyat olib bormoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘lgani sababli yomg‘ir kanalizatsiyasi va oqova suv tizimlariga jiddiy yuklama tushgan.
Yomg‘ir qabul qiluvchi quduqlar, ariq tarmoqlari va kollektorlar cho‘kindilar hamda maishiy chiqindilardan tezkor tozalanmoqda.
Hokimlik maishiy chiqindilar suv oqimini qiyinlashtirishi va mahalliy suv to‘planishlariga sabab bo‘lishini ta’kidladi. Aholidan obodonlashtirish qoidalariga rioya qilish va chiqindilarni suv oqava kanallariga tashlamaslik so‘raldi.
Suv to‘planishi holatlari aniqlansa, “Xalq nazorati” portali, hokimlikning rasmiy Telegram-boti yoki 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.