https://oz.sputniknews.uz/20260212/himoya-muhtoj-bolalar-mehr-oila-xizmat-55646104.html
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari uchun Mehrli oila xizmati ko‘rsatiladi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari uchun Mehrli oila xizmati ko‘rsatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumatning 48-sonli qarori bilan zo‘ravonlikdan jabrlangan va ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar hamda ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Xizmatlar 6 oydan 1-yilgacha muddatga taqdim etiladi.
2026-02-12T13:52+0500
2026-02-12T13:52+0500
2026-02-12T13:52+0500
yangi qonun
o‘zbekiston
bolalar
oila
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/18/44922501_0:78:2121:1271_1920x0_80_0_0_0399c3bc79d954c85f89019c923d1715.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Zo‘ravonlikdan jabrlangan, zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan hamda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar:Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:Shuningdek, bolalar va ularning oilalari uchun “Mehrli oila” xizmati joriy etiladi.So‘rovnoma 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Talabgorda kamida ikki nafar psixoijtimoiy mutaxassis (kamida bir yillik stajga ega), ularning tibbiy ma’lumotnomasi hamda bino-inshootlarda sanitariya talablari ta’minlangan bo‘lishi lozim.Talablar bajarilganda, tashkilot Yagona reyestrga kiritiladi va bu haqda elektron xabarnoma yuboriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260106/zoravonlik-ayollar-himoya-kuchaytirilish-54664590.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/18/44922501_0:0:1885:1414_1920x0_80_0_0_785c4bff8f2b51702d2636dd339e90dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar, ijtimoiy xizmatlar, hukumat qarori 48-son, individual integratsiya rejasi, himoya rejasi, mehrli oila, yagona milliy ijtimoiy himoya, ijtimoiy himoya at, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar reyestri, o‘zbekiston
zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar, ijtimoiy xizmatlar, hukumat qarori 48-son, individual integratsiya rejasi, himoya rejasi, mehrli oila, yagona milliy ijtimoiy himoya, ijtimoiy himoya at, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar reyestri, o‘zbekiston
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari uchun Mehrli oila xizmati ko‘rsatiladi
Yangi nizomga muvofiq, xizmatlar himoya yoki individual integratsiya rejasi asosida ko‘rsatiladi, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar esa maxsus reyestrga kiritiladi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Zo‘ravonlikdan jabrlangan, zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan hamda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli
nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar:
zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalar va ularning oilalariga — himoya rejasi asosida;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi bolalar va ularning oilalariga — individual integratsiya rejasi asosida ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:
6 oygacha qisqa muddatli;
1 yilgacha uzoq muddatli;
1 yilgacha tunu kun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar.
Shuningdek, bolalar va ularning oilalari uchun “Mehrli oila” xizmati joriy etiladi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish istagidagi YaTT va yuridik shaxslar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchilar yagona reyestriga kiritilishi shart. Buning uchun “Ijtimoiy himoya” AT orqali so‘rovnoma to‘ldiriladi.
So‘rovnoma 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Talabgorda kamida ikki nafar psixoijtimoiy mutaxassis (kamida bir yillik stajga ega), ularning tibbiy ma’lumotnomasi hamda bino-inshootlarda sanitariya talablari ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Talablar bajarilganda, tashkilot Yagona reyestrga kiritiladi va bu haqda elektron xabarnoma yuboriladi.