O‘zbekistonda eng ko‘p korxona tashkil etgan top-5 davlat

Obuna bo‘lish
So‘nggi bir yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 3 350 taga oshdi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Milliy statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-fevral holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 350 taga yoki 22,1 foizga oshdi va 18 513 tani tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. Respublikada Xitoy ishtirokidagi 5 218 ta korxona faoliyat yuritmoqda, bu jami xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 28,2 foiziga teng. Shundan 4 457 tasi xorijiy korxona, 761 tasi esa qo‘shma korxona.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan boshqa yetakchi mamlakatlar qatorida Rossiya (17,2 foiz), Turkiya (11,6 foiz), Qozog‘iston (6,6 foiz) va Janubiy Koreya (3,8 foiz) ham qayd etilgan.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0