https://oz.sputniknews.uz/20260211/navoiy-china-chollanish-kurash-saudi-turizm-55611599.html
Navoiyda Xitoy usulida cho‘llanishga qarshi kurash va arabcha cho‘l turizmi joriy etiladi
Navoiyda Xitoy usulida cho‘llanishga qarshi kurash va arabcha cho‘l turizmi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Sanoat parklari, IT sinflar, turizm qishloqlari, yaylov chorvachiligi va suv infratuzilmasini yangilash rejalari muhokama qilindi.
2026-02-11T09:26+0500
2026-02-11T09:26+0500
2026-02-11T10:25+0500
shavkat mirziyoyev
loyiha
navoiy viloyati
turizm
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0b/55611430_0:79:1280:799_1920x0_80_0_0_1f2cca41ba5180efde9b4e39c5516fd6.jpg
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Har bir tuman va shaharni uning ustunliklaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.Nurota va G‘ozg‘onda pardozbop toshlar va turizm, Tomdi va Uchquduqda tog‘-kon sanoati, Navbahorda to‘qimachilik va bog‘dorchilik, Konimexda yaylov chorvachiligi, Zarafshonda zargarlik va axborot texnologiyalari, Karmanada kimyo sanoati va madaniy turizm, Navoiy shahrida mashinasozlik va servis sohalari salohiyati qayd etildi.Viloyatga joriy yilda 4,2 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Qishloq xo‘jaligida 9 million gektar yaylov imkoniyatidan to‘liq foydalanish, 2026-yilda zotli chorva olib kelish va 3,3 million gektarni aylanmaga kiritish rejalashtirilgan. Cho‘llanishga qarshi Xitoy tajribasi asosida loyihalar amalga oshiriladi.Ta’lim sohasida “Bir maktab, bir IT sinf” tamoyili joriy etiladi. 100 nafar o‘qituvchi IT va sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshiradi. TATU Zarafshon filialida sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha kunduzgi ta’lim ochiladi.2026 yilda 600 ming xorijiy va 3 million mahalliy sayyohni jalb qilish rejalashtirilgan. 72 ta joylashtirish vositasi ishga tushirilib, 500 ta ish o‘rni yaratiladi.Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA tajribasini o‘rganib, Navoiy hududidagi cho‘l va yaylovlarda turizmni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.2026–2028 yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq va Zafarobodda ichimlik va oqova suv quvurlari yangilanadi.Yig‘ilish yakunida davlat rahbari taklif va rejalarni ma’qulladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250808/mirziyoev-navoiy-viloyati-51109422.html
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0b/55611430_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_806c0d5c7ef5e7cfc6699159e8f3e928.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, navoiy viloyati, nurota, xatirchi, konimex, zarafshon, karmana, investitsiya, eksport, sanoat parki, it sinf, turizm qishlog‘i, yaylov chorvachiligi, suv quvurlari
shavkat mirziyoyev, navoiy viloyati, nurota, xatirchi, konimex, zarafshon, karmana, investitsiya, eksport, sanoat parki, it sinf, turizm qishlog‘i, yaylov chorvachiligi, suv quvurlari
Navoiyda Xitoy usulida cho‘llanishga qarshi kurash va arabcha cho‘l turizmi joriy etiladi
09:26 11.02.2026 (yangilandi: 10:25 11.02.2026) Viloyatning tabiiy resurslari, yaylovlari va sanoat salohiyatidan samarali foydalanish, ta’lim va turizmni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Har bir tuman va shaharni uning ustunliklaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Nurota va G‘ozg‘onda pardozbop toshlar va turizm, Tomdi va Uchquduqda tog‘-kon sanoati, Navbahorda to‘qimachilik va bog‘dorchilik, Konimexda yaylov chorvachiligi, Zarafshonda zargarlik va axborot texnologiyalari, Karmanada kimyo sanoati va madaniy turizm, Navoiy shahrida mashinasozlik va servis sohalari salohiyati qayd etildi.
Nurotada 50 gektarda granit sanoat parki va qayta ishlash klasteri, Xatirchida 50 gektarda kichik sanoat zonasi tashkil etiladi. U yerda 100 million dollarlik yuqori qiymatli loyihalar joylashtiriladi.
Viloyatga joriy yilda 4,2 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligida 9 million gektar yaylov imkoniyatidan to‘liq foydalanish, 2026-yilda zotli chorva olib kelish va 3,3 million gektarni aylanmaga kiritish rejalashtirilgan. Cho‘llanishga qarshi Xitoy tajribasi asosida loyihalar amalga oshiriladi.
Ta’lim sohasida “Bir maktab, bir IT sinf” tamoyili joriy etiladi. 100 nafar o‘qituvchi IT va sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshiradi. TATU Zarafshon filialida sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha kunduzgi ta’lim ochiladi.
2026 yilda 600 ming xorijiy va 3 million mahalliy sayyohni jalb qilish rejalashtirilgan. 72 ta joylashtirish vositasi ishga tushirilib, 500 ta ish o‘rni yaratiladi.
Nurota, Xatirchi, Konimex va Navbahor tumanlarida turizm obyektlari va turizm qishloqlari tashkil etiladi. Navoiy shahrida Alisher Navoiy bog‘i va Yoshlik ko‘li atrofi qayta rivojlantiriladi. Karmanada “Qadimiy Karmana” madaniyat va turizm markazi barpo etiladi.
Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA tajribasini o‘rganib, Navoiy hududidagi cho‘l va yaylovlarda turizmni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
2026–2028 yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq va Zafarobodda ichimlik va oqova suv quvurlari yangilanadi.
Yig‘ilish yakunida davlat rahbari taklif va rejalarni ma’qulladi.