Onlayn savdoda 7,3 mlrd so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisoblandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPokupka s ispolzovaniyem smartfona s pomoshyu beskontaktnoy sistemi
Pokupka s ispolzovaniyem smartfona s pomoshyu beskontaktnoy sistemi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2026
Obuna bo‘lish
Tekshiruvlar elektron savdo platformalari faoliyatida shartnoma, kafolatli servis, yetkazib berish va to‘lovlar bilan bog‘liq tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Raqobat qo‘mitasiga 2025-yilda elektron tijorat sohasi bo‘yicha qariyb 3 100 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘rib chiqishlar natijasida 7,3 milliard so‘m fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning asosiy qismi quyidagi platformalar hissasiga to‘g‘ri kelgan:

Tashkilot nomi

Murojaat-

lar soni

Ulushi

Ijobiy hal

etilgan

Uzum Market

851

27,8%

72,7%

Uzum Nasiya

842

27,6%

71,9%

Yandeks

329

10,8%

63,5%

Texnomart

168

5,5%

79,2%

Ishonch

166

5,4%

81,3%

Alif shop (alif moliya, alif nasiya)

150

4,9%

75,3%

Uzum Tezkor

115

3,8%

82,6%

Openshop.uz

56

1,8%

76,8%

ZoodMall

54

1,8%

79,6%

IDEA

46

1,5%

84,8%

Ayrim murojaatlar sohada tizimli kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Ularni tahlil qilish orqali qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar tayyorlandi.
O‘rganishlarda shartnoma shartlari, kafolatli servis, nuqsonli tovarni almashtirish, reklamada noto‘g‘ri ma’lumot, to‘lov va yetkazib berishdagi kamchiliklar, shuningdek, kreditga olingan nuqsonli tovarlarni almashtirish bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Tashkent v preddverii leta: gorod s visoti maya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2026
Raqobat qo‘mitasi: 22,1 mlrd so‘m uy xaridorlari foydasiga qayta hisoblandi
Yangiliklar lentasi
0