Amirsoy va Chimonga borish osonlashadi: 20 ta mikroavtobus yo‘nalishga chiqarildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie gornolijnogo kurorta Amirsoy v Tashkentskoy oblasti
Otkritie gornolijnogo kurorta Amirsoy v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2026
Obuna bo‘lish
Yangi transport vositalari tog‘li hududlar aholisiga ham xizmat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va turizmni rivojlantirish maqsadida “Chinorkent–Usufxona–Chimon–Amirsoy” yo‘nalishida zamonaviy yo‘lovchi tashish tizimi joriy etilmoqda.
Tog‘li yo‘llar sharoitida xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul tashkilotlar va tajribali tashuvchilar ishtirokida sinov qatnovlari o‘tkazildi. Natijada “Ford” rusumli mikroavtobuslar tanlandi.
Shu asosda “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi “Toshavtobustrans” MChJ tomonidan 20 ta mikroavtobus xarid qilinib, ular O‘zbekistonga olib kelindi.
Yangi transport vositalari tog‘li hududlar aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan birga, Chinorkent, Chimon va Amirsoy kabi sayyohlik maskanlariga qatnaydigan turistik yo‘nalishlarda ham foydalaniladi. Bu ekoturizm salohiyatini oshirish va hududda qulay jamoat transporti xizmatini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
V Tashkente otkrit noviy avtobusniy marshrut №60. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2026
Qarshi shahrida 43 dona yangi avtobus yo‘nalishga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0