O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltin hajmi keskin oshdi — uning ulushi qancha

Obuna bo‘lish
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat xalqaro zaxiralari oy davomida sezilarli o‘sish qayd etib, jami zaxiralarda oltin ulushi 86,5 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonning xalqaro (oltin-valyuta) zaxiralari 1-fevral holatiga ko‘ra 75,08 milliard dollarga yetdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan qariyb 8,77 milliard dollarga ko‘p, deb xabar qildi respublika Markaziy banki.
Zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati 55,09 milliard dollardan 64,98 milliard dollarga oshgan. Oltinning jismoniy hajmi ham ko‘payib, 12,6 million troy unsiyadan 12,8 million troy unsiyaga yetgan.
Hozirda umumiy xalqaro zaxiralarning 86,5 foizidan ortig‘ini oltin tashkil etmoqda.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida
Yangiliklar lentasi
0