O‘zbekiston sportchilari Xorvatiya, Xitoy va Saudiya Arabistonida medallar qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOKSportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax
Sportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2026
Obuna bo‘lish
7 fevral kuni O‘zbekiston sportchilari yunon-rum (klassik) kurashi, veloshosse va yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqalarda oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. 7 fevral kuni O‘zbekiston sportchilari Xorvatiya, Xitoy va Saudiya Arabistonida o‘tgan xalqaro musobaqalarda qator oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xorvatiya poytaxtida o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha “Zagreb Open” turnirining ilk kunida Aytjan Xalmaxanov (-67 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu yunon-rum (klassik) kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun joriy yildagi ilk medal bo‘ldi.
© Press-slujba NOKSportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax
Sportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2026
Sportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax
Xitoyning Tanszin shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootdagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikki oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uch hatlab sakrashda Sharifa Davronova 14,05 metr natija bilan chempion bo‘ldi. 400 metr masofada Jonbibi Hukmova 53,61 soniya natija bilan eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.
© Press-slujba NOKSportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax
Sportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2026
Sportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax
Saudiya Arabistonida o‘tayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida yoshlar toifasidagi 20 km aralash estafetada O‘zbekiston jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi. Jamoa safida Roksana Hikmatova, Gulhayo Sattorova, Fazliddin Ergashev va Chingiz Cho‘liyev ishtirok etdi.
© Press-slujba NOKSportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax
Sportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2026
Sportsmeni iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na mejdunarodnix turnirax
Yangiliklar lentasi
0