https://oz.sputniknews.uz/20260208/ukraine-yoqotishlar-zelenskiy-aytganidan-kop-55552340.html
Ukraina OAV: UQK yo‘qotishlari Zelenskiy aytganidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin
Ukraina OAV: UQK yo‘qotishlari Zelenskiy aytganidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
"Strana.ua" Ukraina Qurolli kuchlari harbiysi so‘zlariga tayanib, yo‘qotishlar Zelenskiy aytgan 55 mingdan bir necha baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini yozdi. Rossiya rasmiylari ham yuqori raqamlarni tilga olmoqda.
2026-02-08T13:53+0500
2026-02-08T13:53+0500
2026-02-08T13:53+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
ria novosti
vafot etdi
bedarak yo‘qolganlar
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0e/45197622_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_7519a26ee9dbc69bd377029a6fcb2b2c.jpg
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari Vladimir Zelenskiy aytgan 55 ming o‘limdan kamida besh baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning "Strana.ua" nashri Ukraina Qurolli kuchlari harbiysi so‘zlariga tayanib xabar berdi.Avvalroq Zelenskiy turli hisob-kitoblarga qaramay, 2022-yil fevralidan buyon Ukraina go‘yoki 55 ming nafar harbiyni yo‘qotgani, yana "ko‘plab odamlar" bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotganini aytgan edi.Nashr yozishicha, harbiyning mantig‘iga ko‘ra, yo‘qotishlar kamida 275 ming nafarni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, u bu raqam ham yakuniy emasligini, chunki yo‘qotishlarning bir qismi bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilayotganini aytgan.O‘tgan yil dekabrida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, turli mustaqil hisob-kitoblarga tayanib, Ukraina Qurolli kuchlarining inson yo‘qotishlari allaqachon milliondan oshganini bildirgan edi. Shu oylarda Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov 2025-yilning o‘zida Ukraina armiyasi deyarli 500 ming askarini yo‘qotganini ta’kidlagan.Rossiya rasmiylari Ukraina tomoni harbiy yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlarni kamaytirib ko‘rsatayotganini bir necha bor aytgan. Avvalroq Rossiyaning KillNet xakerlik guruhi RIA Novostiga Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabining 1,7 million halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan ukrainalik harbiylar haqidagi ma’lumotlar bazasini buzib kirganini tasdiqlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260129/kolombia-yollanma-ukraine-55352415.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0e/45197622_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_246bf9a0fa4ae9b4e6faf7b192290f3e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, vladimir zelenskiy, strana.ua, stanislav bunyatov, uqk, yo‘qotishlar, rossiya tiv, sergey lavrov, andrey belousov, killnet, ria novosti
ukraina, vladimir zelenskiy, strana.ua, stanislav bunyatov, uqk, yo‘qotishlar, rossiya tiv, sergey lavrov, andrey belousov, killnet, ria novosti
Ukraina OAV: UQK yo‘qotishlari Zelenskiy aytganidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin
Nashr keltirgan manbaga ko‘ra, rasmiy bayonotlarda aytilgan raqamlar real holatni to‘liq aks ettirmasligi mumkin. Ayrim yo‘qotishlar bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilayotgani ta’kidlanadi
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari Vladimir Zelenskiy aytgan 55 ming o‘limdan kamida besh baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning "Strana.ua" nashri Ukraina Qurolli kuchlari harbiysi so‘zlariga tayanib
xabar berdi.
Avvalroq Zelenskiy turli hisob-kitoblarga qaramay, 2022-yil fevralidan buyon Ukraina go‘yoki 55 ming nafar harbiyni yo‘qotgani, yana "ko‘plab odamlar" bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotganini aytgan edi.
Nashr yozishicha, harbiyning mantig‘iga ko‘ra, yo‘qotishlar kamida 275 ming nafarni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, u bu raqam ham yakuniy emasligini, chunki yo‘qotishlarning bir qismi bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilayotganini aytgan.
"Barcha asirlar almashtirilganda, bedarak yo‘qolganlar orasida halok bo‘lganlar borligi ayon bo‘ladi", — deb yozgan xarbiy xizmatchi.
O‘tgan yil dekabrida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, turli mustaqil hisob-kitoblarga tayanib, Ukraina Qurolli kuchlarining inson yo‘qotishlari allaqachon milliondan oshganini bildirgan edi. Shu oylarda Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov 2025-yilning o‘zida Ukraina armiyasi deyarli 500 ming askarini yo‘qotganini ta’kidlagan.
Rossiya rasmiylari Ukraina tomoni harbiy yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlarni kamaytirib ko‘rsatayotganini bir necha bor aytgan. Avvalroq Rossiyaning KillNet xakerlik guruhi RIA Novostiga Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabining 1,7 million halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan ukrainalik harbiylar haqidagi ma’lumotlar bazasini buzib kirganini tasdiqlagan edi.