https://oz.sputniknews.uz/20260207/eron-oz-raketa-dasturini-hech-kim-bilan-muhokama-qilmaydi-55541861.html
Eron o‘z raketa dasturini muhokama qilmaydi — Aragchi
Eron o‘z raketa dasturini muhokama qilmaydi — Aragchi
Sputnik O‘zbekiston
Eron tashqi ishlar vaziri, shuningdek, boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqishni rad etdi. 07.02.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-02-07T16:22+0500
2026-02-07T16:22+0500
2026-02-07T16:33+0500
eron
aqsh – eron mojarosi
aqsh
aqsh prezidenti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35799857_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b6aabe1d3e808f70429e38bd4231850d.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Tehron o‘zining raketa dasturini muhokama qilmaydi, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi Al-Jazira nashriga.Vazir shuningdek, boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqishni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarning ikkinchi bosqichining aniq sanasi hali aniqlanmagan.Aroqchi AQSh hujumi bo‘lgan taqdirda Eron Fors ko‘rfazidagi Amerika bazalariga zarbalar bilan javob qaytarishini qo‘shimcha qildi.Kecha Ummoning Maskat shahrida AQSh va Eronning yadroviy masalalar bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Eronni Aragchi, Qo‘shma Shtatlarni esa maxsus elchi Stiven Uitkoff vakillik qildi.Tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar, ammo avval o‘z poytaxtlarida maslahatlashuvlar o‘tkazadilar. Eron-AQSh mojarosi Yanvar oyi oxirida Oq uy prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Venesuela qirg‘oqlariga qaraganda Eronga kuchliroq kemalar armadasini joylashtirayotganini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, Eron hukumati yadroviy bitim tuzishni istaydi va buning uchun muddat bor-yo‘qligini faqat ular bilishadi. New York Times gazetasining yozishicha, Vashington Tehrondan loyihani qisqartirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishini, jumladan, uranni boyitishni to‘liq to‘xtatish va ballistik raketa ishlab chiqarishni cheklashni kutmoqda.O‘z navbatida, Eron rasmiylari tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan yadroviy masalalar bo‘yicha muloqotni qayta boshlashga chaqirdilar.Tehron AQShning har qanday hujumiga, hatto cheklangan hujumiga ham javob berishga tayyorligini e’lon qildi: Eron raketalarining masofasi mintaqadagi AQSh bazalariga yetib borish uchun yetarli.
https://oz.sputniknews.uz/20260207/eron-aqsh-muzokaralarining-birinchi-raundi-yakunlari-55537352.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35799857_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d248c019ff4263ad867741d0dd8f0c2e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron, aqsh – eron mojarosi, aqsh, aqsh prezidenti
eron, aqsh – eron mojarosi, aqsh, aqsh prezidenti
Eron o‘z raketa dasturini muhokama qilmaydi — Aragchi
16:22 07.02.2026 (yangilandi: 16:33 07.02.2026) Eron tashqi ishlar vaziri, shuningdek, boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqishni rad etdi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Tehron o‘zining raketa dasturini muhokama qilmaydi, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi Al-Jazira nashriga.
"Biz hozir ham, kelajakda ham raketalar bo‘yicha muzokara olib bora olmaymiz, chunki bu mudofaa masalasi", - dedi u kecha Ummanda AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuvdan so‘ng.
Vazir shuningdek, boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqishni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarning ikkinchi bosqichining aniq sanasi hali aniqlanmagan.
Aroqchi AQSh hujumi bo‘lgan taqdirda Eron Fors ko‘rfazidagi Amerika bazalariga zarbalar bilan javob qaytarishini qo‘shimcha qildi.
Kecha Ummoning Maskat shahrida AQSh va Eronning yadroviy masalalar bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Eronni Aragchi, Qo‘shma Shtatlarni esa maxsus elchi Stiven Uitkoff vakillik qildi.
Tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar, ammo avval o‘z poytaxtlarida maslahatlashuvlar o‘tkazadilar.
Yanvar oyi oxirida Oq uy prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Venesuela qirg‘oqlariga qaraganda Eronga kuchliroq kemalar armadasini joylashtirayotganini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, Eron hukumati yadroviy bitim tuzishni istaydi va buning uchun muddat bor-yo‘qligini faqat ular bilishadi. New York Times gazetasining yozishicha, Vashington Tehrondan loyihani qisqartirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishini, jumladan, uranni boyitishni to‘liq to‘xtatish va ballistik raketa ishlab chiqarishni cheklashni kutmoqda.
O‘z navbatida, Eron rasmiylari tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan yadroviy masalalar bo‘yicha muloqotni qayta boshlashga chaqirdilar.
Tehron AQShning har qanday hujumiga, hatto cheklangan hujumiga ham javob berishga tayyorligini e’lon qildi: Eron raketalarining masofasi mintaqadagi AQSh bazalariga yetib borish uchun yetarli.