Tez yordamga 2025-yilda 3,2 mingtadan ziyod yolg‘on chaqiriq kelib tushdi – SSV

© Sputnik / Baxrom XatamovTez yordam mashinasi
Tez yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2026
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan.
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yilda "103" — tez tibbiy yordam xizmatiga 3244 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, yolg‘on chaqiriqlar soni 2024-yilga nisbatan 531 taga ortgan.
Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Qashqadaryo viloyatida kuzatilib, bu raqam 784 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Surxondaryo viloyati qayd etildi — 499 ta. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidan 394 ta, Samarqand viloyatidan esa 337 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 48 ta.
Qayd etilishicha, oxirgi 8-yil mobaynida “103” xizmati shoxobchalari soni 818 tadan 1 680 taga, tez tibbiy yordam brigadalari 1 648 tadan 2 865 taga yetkazildi. Shuningdek, elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilishi hisobiga brigadalarning chaqiruvga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqardi.
Prezidentu predstavleni kompleksnie meri po uluchsheniyu sistemi zdravooxraneniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Bepul tibbiy ko‘riklar, tez yordam va dori-darmon: prezident yangi takliflarni ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0