Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati baholanadi

© Sputnik / Mixail PalinchakPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2026
Obuna bo‘lish
"Qizil" toifaga kiritilgan davlat organlari rahbariyatiga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rilishi mumkin.
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. O‘zbekistonda davlat organlari, muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar, ularning mansabdorlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash va toifalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom talablari davlat tashkilotlari xodimlarining Prezident Virtual qabulxonasi bilan ishlash tizimida ro‘yxatga olingan va davlat organiga ijro uchun yo‘naltirilgan murojaatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati quyidagi murojaatlar sonidan kelib chiqib toifalarga ajratiladi:
ro‘yxatga olingan;
qanoatlantirilgan;
rad etilgan;
ijro muddatlari buzilgan;
takroriy.
Murojaatlar bilan ishlash faoliyati tahlil natijalariga asosan 3 toifaga ajratiladi:
yuqori natijadorlikka ega - yashil toifa;
o‘rta natijadorlikka ega - sariq toifa;
past natijadorlikka ega - qizil toifa.
Baholash natijalariga ko‘ra davlat organlari mansabdor shaxslarining KPI ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilanadi:
yashil toifa - 100 foiz;
sariq toifa - 50 foiz;
qizil toifa - 10 foiz.
"Qizil" toifaga kiritilgan davlat organlarining rahbarlari yoki ularning tegishli o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rilishi mumkin.
Moskovskiy gorodskoy sud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2026
Mansabdor xatosi uchun halol shaxs javobgar bo‘lmasligi taklif etildi — parlament ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0