https://oz.sputniknews.uz/20260204/russia-nazoratsiz-bola-qaytarilish-55459383.html
2025 yilda Rossiyadan nazoratsiz qolgan nechta bola qaytarildi — ombudsman raqamlari
2025 yilda Rossiyadan nazoratsiz qolgan nechta bola qaytarildi — ombudsman raqamlari
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya vakolatli organlari hamkorligida 2025-yilda Rossiyada nazoratsiz qolgan bolalarni qaytarish ishlari olib borildi. 86 va 114 nafarlik ko‘rsatkichlar ochiqlandi.
2026-02-04T11:29+0500
2026-02-04T11:29+0500
2026-02-04T12:37+0500
rossiya
o‘zbekiston
jamiyat
bolalar ombudsmani
qarovsiz bolalar
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40128129_36:0:1244:679_1920x0_80_0_0_275dc6c85ee70356943f00f46f8c2548.jpg
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya vakolatli organlarining qo‘shma ishi 2025-yilda Rossiyada nazoratsiz qolgan 86 nafar o‘zbekistonlik bolani vataniga qaytarishga yordam berdi. Bu haqda RIA Novostiga Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston bolalar ombudsmani va Rossiya prezidenti huzuridagi Bola huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova o‘rtasidagi hamkorlik natijasida 45 nafar bola qaytarilgan.Ombudsman idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyada ota-onasiz va vasiysiz qolgan jami 114 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan. Bunday holatlar bosqichma-bosqich kamayib borayotgani ta’kidlandi.Shuningdek, 2025-yilda O‘zbekiston Bolalar ombudsmani idorasiga rossiyalik hamkasbidan bolalar bilan bog‘liq murakkab vaziyatlar yuzasidan 8 ta murojaat kelib tushgan. Diqqat markazida vasiylikni rasmiylashtirish, bolaning yashash va ta’lim sharoitini tekshirish, uni vataniga qaytarish hamda voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish masalalari turibdi.Ta’kidlanishicha, 2022-yilda xorijda ota-onasiz qolgan, asosan mehnat migrantlari farzandlarini aniqlash va vatanga qaytarish bo‘yicha maxsus idoralararo guruh tuzilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260106/zoravonlik-ayollar-himoya-kuchaytirilish-54664590.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40128129_184:0:1144:720_1920x0_80_0_0_d93fc160209621b727ce4cf87b431215.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
surayyo rahmonova, o‘zbekiston, rossiya, bolalar ombudsmani, mariya lvova-belova, bolalar huquqlari, vasiylik, mehnat migrantlari, qaytarish
surayyo rahmonova, o‘zbekiston, rossiya, bolalar ombudsmani, mariya lvova-belova, bolalar huquqlari, vasiylik, mehnat migrantlari, qaytarish
2025 yilda Rossiyadan nazoratsiz qolgan nechta bola qaytarildi — ombudsman raqamlari
11:29 04.02.2026 (yangilandi: 12:37 04.02.2026) 2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga ota-ona nazoratisiz qolgan jami 114 nafar bola qaytarilgan. Shundan 86 nafari ikki davlat vakolatli idoralari ko‘magida qaytarilgan.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya vakolatli organlarining qo‘shma ishi 2025-yilda Rossiyada nazoratsiz qolgan 86 nafar o‘zbekistonlik bolani vataniga qaytarishga yordam berdi. Bu haqda RIA Novostiga Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova
ma’lum qildi.
“Umuman olganda, ikki davlat vakolatli organlarining sa’y-harakatlari bilan 2025-yilda Rossiyadan 86 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi”, — dedi Rahmonova.
Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston bolalar ombudsmani va Rossiya prezidenti huzuridagi Bola huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova o‘rtasidagi hamkorlik natijasida 45 nafar bola qaytarilgan.
Ombudsman idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyada ota-onasiz va vasiysiz qolgan jami 114 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan. Bunday holatlar bosqichma-bosqich kamayib borayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, 2025-yilda O‘zbekiston Bolalar ombudsmani idorasiga rossiyalik hamkasbidan bolalar bilan bog‘liq murakkab vaziyatlar yuzasidan 8 ta murojaat kelib tushgan. Diqqat markazida vasiylikni rasmiylashtirish, bolaning yashash va ta’lim sharoitini tekshirish, uni vataniga qaytarish hamda voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish masalalari turibdi.
Ta’kidlanishicha, 2022-yilda xorijda ota-onasiz qolgan, asosan mehnat migrantlari farzandlarini aniqlash va vatanga qaytarish bo‘yicha maxsus idoralararo guruh tuzilgan.