https://oz.sputniknews.uz/20260203/yhxb-eko-stiker-ariza-55444633.html
YHXB: eko-stiker olish uchun 55 mingtadan ortiq ariza kelib tushdi
YHXB: eko-stiker olish uchun 55 mingtadan ortiq ariza kelib tushdi
Sputnik O‘zbekiston
my.gov.uz orqali 55 mingdan ortiq eko-stiker uchun ariza kelib tushdi. 45 ming stiker tayyor, qolganlari ishlab chiqarilmoqda.
2026-02-03T14:17+0500
2026-02-03T14:17+0500
2026-02-03T14:17+0500
o‘zbekiston
jamiyat
iiv
yhhb
ekologiya
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1e/41321911_0:43:1280:763_1920x0_80_0_0_89507a93b9c2397df62ecf9f5b3419ec.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda my.gov.uz portali orqali eko-stiker olish uchun 55 mingtadan ortiq ariza kelib tushgan, 45 mingtadan ziyod stiker esa tarqatishga tayyorlangan. Bu haqda IIV YHXB matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, qolgan murojaatlar bo‘yicha eko-stikerlarni tayyorlash rejali tartibda davom etmoqda.Bu jarayon ishchi guruh tomonidan tekshiruv va tahlillar bilan davom ettirilmoqda.Tekshiruvlar davomida Toshkent shahrida ishlab chiqarilganiga 40-yildan oshgan 52 mingdan ortiq avtotransport vositasi harakatlanib yurgani aniqlandi. Ularning 10 mingdan ziyodi tezkor tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli eko-stikerlar bilan ta’minlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20251223/eko-stiker-jarimalar-izoh-54401515.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1e/41321911_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_0d728c17b1452057ed908d9678b6f609.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent, eko-stiker, my.gov.uz, yhxb, ekologiya, avtotransport, texnik ko‘rik, 750-son qaror
o‘zbekiston, toshkent, eko-stiker, my.gov.uz, yhxb, ekologiya, avtotransport, texnik ko‘rik, 750-son qaror
YHXB: eko-stiker olish uchun 55 mingtadan ortiq ariza kelib tushdi
Toshkentda eko-stikerlar berish jarayoni jadallashdi: minglab arizalar qabul qilindi, o‘n minglab avtoulovlar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda my.gov.uz portali orqali eko-stiker olish uchun 55 mingtadan ortiq ariza kelib tushgan, 45 mingtadan ziyod stiker esa tarqatishga tayyorlangan. Bu haqda IIV YHXB matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qolgan murojaatlar bo‘yicha eko-stikerlarni tayyorlash rejali tartibda davom etmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 750-sonli qarori ijrosi doirasida ekologik meyorlarga javob bermaydigan avtotransport vositalaridan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklash hamda ularning atmosfera havosiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Bu jarayon ishchi guruh tomonidan tekshiruv va tahlillar bilan davom ettirilmoqda.
Tekshiruvlar davomida Toshkent shahrida ishlab chiqarilganiga 40-yildan oshgan 52 mingdan ortiq avtotransport vositasi harakatlanib yurgani aniqlandi. Ularning 10 mingdan ziyodi tezkor tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli eko-stikerlar bilan ta’minlangan.