https://oz.sputniknews.uz/20260203/ijtimoiy-reestr-bolalar-nafaqa-yordam-tayinlash-55441707.html
Ijtimoiy reyestrdagilarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibi belgilandi
Ijtimoiy reyestrdagilarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam qanday tayinlanishi aniq belgilab qo‘yildi.
2026-02-03T12:11+0500
2026-02-03T12:11+0500
2026-02-03T12:11+0500
yangi qonun
o‘zbekiston
jamiyat
mahalla
nafaqa
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45302110_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_ab7d6124ea9368f0dfe6afe20e46d954.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza davlat xizmatlari markazi, ijtimoiy xodim yoki “YaMIH”, YaIDXP va “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali beriladi. Har bir oila oyiga bir marta murojaat qilishi mumkin.Oyning 16-sanasigacha berilgan arizalar shu oyda, 16-sanadan keyin berilganlari esa keyingi oyda ko‘rib chiqiladi.To‘lovlar oilaning toifasiga qarab amal qiladi:Agar oila “davlat ta’minotidagi” yoki “kambag‘al” toifasidan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilsa, qo‘shimcha arizasiz bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam quyidagi miqdorda tayinlanadi:— har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,25 baravarigacha bo‘lsa — qonunchilikda belgilangan miqdorning 75 foizi;— 1,25 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lsa — qonunchilikda belgilangan miqdorning 50 foizi.Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda minimal iste’mol xarajatlari 669 ming so‘mni tashkil etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260203/oila-kambagal-toifa-ajratish-tartib-55440951.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45302110_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_afb59719810a4110ba15145ee2125cb3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ijtimoiy reyestr, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yamih, yaidxp, ijtimoiy karta, davlat ta’minotidagi oila, kambag‘al oila, minimal iste’mol xarajatlari
o‘zbekiston, ijtimoiy reyestr, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yamih, yaidxp, ijtimoiy karta, davlat ta’minotidagi oila, kambag‘al oila, minimal iste’mol xarajatlari
Ijtimoiy reyestrdagilarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibi belgilandi
Hukumat Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibini belgiladi. Ariza berish va to‘lov miqdori aniqlandi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli
nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza davlat xizmatlari markazi, ijtimoiy xodim yoki “YaMIH”, YaIDXP va “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali beriladi. Har bir oila oyiga bir marta murojaat qilishi mumkin.
Oyning 16-sanasigacha berilgan arizalar shu oyda, 16-sanadan keyin berilganlari esa keyingi oyda ko‘rib chiqiladi.
Rad etish uchun asoslar bo‘lmasa, nafaqa yoki moddiy yordam ariza ko‘rib chiqilgan oydan keyingi oydan boshlab “Yagona reyestr”da avtomatik tarzda tayinlanadi va to‘lanadi.
To‘lovlar oilaning toifasiga qarab amal qiladi:
“davlat ta’minotidagi oila” va “kambag‘al oila” — ushbu toifada bo‘lib turgan davrida;
“kambag‘allik chegarasidagi oila” — ushbu toifaga kiritilgan oydan keyingi 6 oy davomida.
Agar oila “davlat ta’minotidagi” yoki “kambag‘al” toifasidan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilsa, qo‘shimcha arizasiz bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam quyidagi miqdorda tayinlanadi:
— har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,25 baravarigacha bo‘lsa — qonunchilikda belgilangan miqdorning 75 foizi;
— 1,25 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lsa — qonunchilikda belgilangan miqdorning 50 foizi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda minimal iste’mol xarajatlari 669 ming so‘mni tashkil etadi.