https://oz.sputniknews.uz/20260202/crimea-sevastopol-terakt-oldi-olinish-55426403.html
Rossiya FXX: Qrim va Sevastopolda Ukraina tomonidan rejalashtirilgan teraktning oldi olindi
Rossiya FXX: Qrim va Sevastopolda Ukraina tomonidan rejalashtirilgan teraktning oldi olindi
Sputnik O‘zbekiston
FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi RIA Novostiga Qrimda FXX binosida teraktga urinish bartaraf etilgani haqida ma’lum qildi. Audiokolonka ichida portlovchi qurilma aniqlangan.
2026-02-02T14:02+0500
2026-02-02T14:02+0500
2026-02-02T14:02+0500
qrim
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
dunyo yangiliklari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/02/32608662_0:0:1628:917_1920x0_80_0_0_40cc4112fe83a4983eea1b5f62cbefaf.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya xavfsizlik kuchlari Qrimda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ma’muriy binosida terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishning oldini oldi. Bu haqda RIA Novosti FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Ukraina maxsus xizmatlari vakili Telegram orqali qrimlik bilan bog‘lanib, o‘zini FXX xodimi sifatida tanishtirgan va uni "tekshiruv topshirig‘i" bahonasida go‘yoki sotqinlarni aniqlash maqsadida Qrim va Sevastopol bo‘yicha FXX boshqarmasi binosiga yozib olish funksiyasiga ega portativ audiokolonka olib kirishga ko‘ndirgan.Qayd etilishicha, qurilma ijrochi tomonidan faollashtirilishi kerak bo‘lgan. FXX ma’lumotiga ko‘ra, bu reja nafaqat xavfsizlik xodimlari, balki aldov yo‘li bilan jalb qilingan ijrochining o‘zi ham halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi.Terrorchilik harakatini rejalashtirgan shaxs sifatida Odessada yashovchi Ukraina Qurolli kuchlari maxsus operatsiyalar bo‘limining xodimi Ivan Krinov (1996 yilda tug‘ilgan) ko‘rsatilgan. U ilgari ham shu kabi urinishni — 54 yoshli ayol yordamida pravoslav ikonaga joylashtirilgan portlovchi qurilma orqali amalga oshirishga harakat qilgani aytilgan.FXX ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi xalqaro qidiruvga berilgan va Rossiya qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi bildirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260102/xorlidagi-terakt-qurbonlari-soni-27-kishiga-etdi-54606839.html
qrim
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/02/32608662_212:0:1573:1021_1920x0_80_0_0_bf900a9ebfc2bbc7802c71213a6f7c22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qrim, sevastopol, fxx, ria novosti, terakt, portlovchi qurilma, audiokolonka, nazorat-o‘tkazish punkti, telegram, ukraina maxsus xizmatlari, xavfsizlik, ma’muriy bino, tekshiruv
qrim, sevastopol, fxx, ria novosti, terakt, portlovchi qurilma, audiokolonka, nazorat-o‘tkazish punkti, telegram, ukraina maxsus xizmatlari, xavfsizlik, ma’muriy bino, tekshiruv
Rossiya FXX: Qrim va Sevastopolda Ukraina tomonidan rejalashtirilgan teraktning oldi olindi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina agentlari hodimlari bu usulda teraktga ikkinchi bor uringan. Avval portlovchi modda ikona, bu safar esa audiokolonka ichiga yashirilgan.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya xavfsizlik kuchlari Qrimda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ma’muriy binosida terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishning oldini oldi. Bu haqda RIA Novosti FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lumotlariga tayanib
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina maxsus xizmatlari vakili Telegram orqali qrimlik bilan bog‘lanib, o‘zini FXX xodimi sifatida tanishtirgan va uni "tekshiruv topshirig‘i" bahonasida go‘yoki sotqinlarni aniqlash maqsadida Qrim va Sevastopol bo‘yicha FXX boshqarmasi binosiga yozib olish funksiyasiga ega portativ audiokolonka olib kirishga ko‘ndirgan.
Nazorat-o‘tkazish punktida tekshiruv chog‘ida audiokolonka ichida 1 kg chet elda ishlab chiqarilgan portlovchi modda, elektrodetonator va shikastlovchi elementlardan iborat qo‘lbola portlovchi qurilma aniqlangan.
Qayd etilishicha, qurilma ijrochi tomonidan faollashtirilishi kerak bo‘lgan. FXX ma’lumotiga ko‘ra, bu reja nafaqat xavfsizlik xodimlari, balki aldov yo‘li bilan jalb qilingan ijrochining o‘zi ham halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi.
Terrorchilik harakatini rejalashtirgan shaxs sifatida Odessada yashovchi Ukraina Qurolli kuchlari maxsus operatsiyalar bo‘limining xodimi Ivan Krinov (1996 yilda tug‘ilgan) ko‘rsatilgan. U ilgari ham shu kabi urinishni — 54 yoshli ayol yordamida pravoslav ikonaga joylashtirilgan portlovchi qurilma orqali amalga oshirishga harakat qilgani aytilgan.
FXX ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi xalqaro qidiruvga berilgan va Rossiya qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi bildirilgan.