O‘zbekistonning qaysi hududlariga eng ko‘p xorijiy investitsiyalar kiritilmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan 591,1 trln so‘m investitsiyaning 71,4 foizi xorijiy investitsiya va kreditlar hissasiga to‘g‘ri keldi
O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 591,1 trillion so‘mni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mablag‘larning 71,4 foizi xorijiy investitsiya va kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida xorijiy moliyalashtirish ulushi eng yuqori Namangan viloyatida qayd etildi — jami investitsiyalarning 82,3 foizi. Keyingi o‘rinlarda Navoiy viloyati (82,0 foiz) va Andijon viloyati (77,7 foiz) joy olgan. Xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi eng past ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilib, 61,0 foizni tashkil etgan.
Mutlaq ko‘rsatkichlarda esa eng ko‘p xorijiy moliyalashtirish Toshkent shahriga (64,5 trln so‘m), Toshkent viloyatiga (53,2 trln so‘m) va Namangan viloyatiga (50,3 trln so‘m) yo‘naltirilgan. Eng kam xorijiy investitsiya Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelib, 13,0 trln so‘mni tashkil etgan.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0