Xorijiy investitsiyalar qaysi hududlarga ko‘proq kiritilmoqda

Obuna bo‘lish
Xitoy, Rossiya va Turkiya O‘zbekistonning eng yirik investorlari bo‘ldi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. 2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga o‘sib, 43,1 milliard dollarga yetgan.

Eng yirik investor sifatida Xitoy yetakchilik qilmoqda — 15,5 milliard dollar. Rossiya O‘zbekistonga 4,8 milliard dollar sarmoya kiritib, ikkinchi yirik investor bo‘ldi. Kuchli uchlikdan esa Turkiya ham o‘rin olgan — 2,6 milliard dollar.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p investitsilar Ishlab chiqarish sanoati (33%), elektr, gaz bilan ta’minoti (17%), tog‘-kon sanoati – (12%) va qishloq xo‘jaligiga (9,2%) kiritilgan.
Hududlar kesimida yetakchilar Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Namangan va Navoiy viloyatlari bo‘lib qolmoqda.
Batafsil infografikamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0