Samarqandda O‘zbekiston-Xitoy arxeologik simpoziumi bo‘lib o‘tdi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishV Samarkande proshel uzbeksko-kitayskiy simpozium arxeologov
V Samarkande proshel uzbeksko-kitayskiy simpozium arxeologov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2026
Obuna bo‘lish
Afrosiyob tepaligi Xitoy arxeologlari bilan hamkorlikda o‘rganiladi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston va Xitoy sivilizatsiyalarining muloqoti va almashuvlariga bag‘ishlangan simpozium bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zarafshon gazetasi xabar qilmoqda.
O‘zbekiston madaniy meros agentligi va Xitoy tarix akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda ikki mamlakat arxeolog olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari muhokama qilindi.
Simpoziumda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Adiz Boboyev Afrosiyob tepaligini xitoylik olimlar bilan hamkorlikda o‘rganishni taklif qildi.
“Bu yerdan ilk o‘rta asrlarda o‘sha paytda Xitoyda hukmron bo‘lgan Tan sulolasi davridagi buyumlar ham topilgan. Ularni olimlarimiz birgalikda o‘rgansa, ikki davlat tarixi uchun muhim yangiliklar aniqlanishi mumkin”, - dedi hokim.
Shuningdek Adiz Boboyev O‘zbekiston va Xitoyni boy tarixiy-madaniya aloqlar bog‘lab turganini va bugungi kunda ham munosabatlar ildam rivojlanayotganini qayd etdi.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishV Samarkande proshel uzbeksko-kitayskiy simpozium arxeologov
V Samarkande proshel uzbeksko-kitayskiy simpozium arxeologov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2026
V Samarkande proshel uzbeksko-kitayskiy simpozium arxeologov
"Buyuk Ipak yo‘li orqali Xitoy bilan savdo-iqtisodiy, ilm-fan, madaniy hamkorlik rivojlanganini yaxshi bilamiz. Hozir bu munosabatlar “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi doirasida yangi bosqichga chiqdi. Jumladan, bugun viloyatimizda 140 dan ortiq Xitoy kompaniyalari faoliyat yuritmoqda, Sian hamda Urumchi shaharlariga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan. Oxirgi 3-yilda Samarqand va Xitoy hududlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi qariyb uch baravarga oshdi", - dedi viloyat hokimi.
Anjumanda shuningdek, Samarqand va Xitoyning Loyan shaharlari orasida muzeylari haftaligini tashkil etish, Samarqand va Xitoy OTMlari orasida amaliyotlar almashinuvini tashkil qilish va boshqa tashabbuslar bildirildi.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishV Samarkande proshel uzbeksko-kitayskiy simpozium arxeologov
V Samarkande proshel uzbeksko-kitayskiy simpozium arxeologov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2026
V Samarkande proshel uzbeksko-kitayskiy simpozium arxeologov
Xitoy ijtimoiy fanlar va Xitoy tarix akademiyalari prezidenti Gao Xiang o‘z chiqishida 2012-yildan boshlab O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyalari boshlangani va Mingtepa yodgorligidagi ilk ekspeditsiya hozirda Balandtepa hamda Munchoqtepa yodgorliklarida davom etayotganini ta’kidladi.
Afrosiyob tepaliklarida birgalikda arxeologik izlanishlar olib borish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Anjuman yakunida Samarqand arxeologiya instituti va Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi arxeologiya instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Simpoziumda ikki mamlakat olimlari ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida amalga oshirilayotgan arxeologik loyihalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0