Zaxarova Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari munosabatlariga baho berdi

Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Markaziy Osiyo bilan munosabatlar strategik sheriklik asosida rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Bu savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologik farovonlik, madaniy-gumanitar aloqalarni nazarda tutadi”, - dedi Zaxarova Sputnik O‘zbekiston muxbiri savoliga javob berayotib.

Uning ta’kidlashicha, 2025-yil 9-oktabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo-Rossiya ikkinchi sammiti davomida ilgari surilgan qo‘shma harakatlar rejasini, tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish jarayoni Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining tegishli idoralari, vazirliklari, vazirliklar rahbarlarining o‘rinbosarlari darajasida yakunlanmoqda.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, ular ushbu formatda aniq loyihalar va aniq tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
“Biz hamkorlikning bunday shakli ko‘plab samarali ikki tomonlama aloqalarimizga ahamiyatli qo‘shimcha bo‘lishiga aminmiz”, - deya xulosa qildi Zaxarova.
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
Siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik va migratsiya: Rossiya elchisi Yerxov intervyu berdi
Yangiliklar lentasi
0