Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov: Tramp Putindan 1-fevralgacha Kiyevga zarba bermaslikni iltimos qildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov, arxiv surat
Dmitriy Peskov, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2026
Obuna bo‘lish
Peskov Trampning bu taklifiga Rossiyaning javobi qanday bo‘lgani haqidagi savolni ochiq qoldirdi.
TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putindan Ukrainaga zarba bermay turishni so‘ragan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Prezident Tramp prezident Putindan muzokaralar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish davrida bir hafta davomida, 1-fevralgacha Kiyevga zarba berishdan voz kechib turishni iltimos qildi”, - dedi Kreml vakili.

Peskov Trampning bu taklifiga Rossiyaning javobi qanday bo‘lgani haqidagi savolga javob bermadi.
Avvalroq Tramp Putindan rekord darajasidagi sovuq sababli Rossiya armiyasi bir hafta Ukrainaning Kiyev va boshqa shaharlariga zarba berishni to‘xtatib turishini shaxsan iltimos qilganini ma’lum qildi. AQSh rahbarining ta’kidlashicha, Putin bunga rozi bo‘lgan.
Putin va Tramp Alyaskada, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukraina masalasida Putinga shaxsan iltimos bilan murojaat qilganini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0