“Yangi bank” omonatchilariga kompensatsiya to‘lovlari boshlandi

© Sputnik / Baxrom XatamovUzbekskie sumi
Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2026
Obuna bo‘lish
Tugatilayotgan “Yangi bank” omonatchilariga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish boshlandi. Jami 31507 nafar omonatchiga 208 milliard so‘m to‘lanishi rejalashtirilgan
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Tugatilayotgan “Yangi bank” omonatchilariga Biznesni rivojlantirish banki orqali kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish jarayoni boshlandi. Bu Omonatlarni kafolatlash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Omonatchilar reyestri Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan Agent-bank — Biznesni rivojlantirish bankiga taqdim etilgan. Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha 31 507 nafar omonatchiga jami 208 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi rejalashtirilgan.
Reyestr bank omonatchilarining 98,7 foizini qamrab olgan. Omonatchilar toifasiga ko‘ra:
jismoniy shaxslar — 31 327 nafar, 205 milliard so‘m;
yuridik shaxslar — 126 nafar, 2,9 milliard so‘m;
yakka tartibdagi tadbirkorlar — 54 nafar, 261 million so‘m.
Kompensatsiya to‘lovlarini olish tartibi quyidagicha:
jismoniy shaxslar “BRB” mobil ilovasi orqali onlayn yoki bank xizmatlari markazlarida naqd pul shaklida;
yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar bankka tashrif buyurib, BRBda hisobvaraq ochish yoki boshqa bankdagi hisobvaraqqa o‘tkazish orqali olishlari mumkin.
Omonatchilardan kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov talab etilmaydi. Firibgarlardan ehtiyot bo‘lish, shaxsiy va bank ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik so‘ralgan.
To‘lovlar asossiz kechiktirilgan holatlarda Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilish mumkinligi eslatib o‘tildi.
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
"Yangi bank" faoliyati tugatiladi — omonatchilarga mablag‘lar qaytariladi
Yangiliklar lentasi
0