https://oz.sputniknews.uz/20260129/russia-oliy-talim-mehnat-bozor-moslashtirilish-55347512.html
Bakalavr va magistr bekor qilinadi — Rossiya oliy ta’limi mehnat bozoriga moslashtirilmoqda
Bakalavr va magistr bekor qilinadi — Rossiya oliy ta’limi mehnat bozoriga moslashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya OTMlari bakalavr va magistr tizimidan voz kechib, yangi ta’lim modeliga o‘tadi. 4–6 yillik tayanch va 1–3 yillik ixtisoslashtirilgan ta’lim joriy etiladi.
2026-01-29T12:39+0500
2026-01-29T12:39+0500
2026-01-29T12:39+0500
dunyo yangiliklari
otm
islohotlar
oliy ta’lim muassasalari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45619923_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_8b5505206a1256a341698905dd80b6cb.jpg
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. 1-sentabrdan Rossiya oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura o‘rnini bosadigan yangi oliy ta’lim modeliga o‘tadi. Bu haqda Davlat dumasining fan va oliy ta’lim qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kseniya Goracheva RIA Novostiga ma’lum qildi.Yangi tizimga ko‘ra, tayanch dastur bitiruvchilari keyingi bosqichda o‘qishga budjet o‘rinlari uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi, aspirantura esa alohida ta’lim bosqichiga aylanadi.Mazkur o‘zgarishlar Bolonya tizimini almashtirish bo‘yicha 2022-yildan boshlangan muhokamalar natijasi bo‘lib, avval oltita universitetda tajriba sifatida sinovdan o‘tkazilgan. Endi ushbu tajriba keng joriy etilmoqda.Gorachevaning ta’kidlashicha, mehnat bozori tez o‘zgarmoqda, OTM dasturlari esa har doim ham bu talablarga ulgurmayapti. Shu sabab bitiruvchilarning ko‘nikmalari ish beruvchilar ehtiyojiga to‘liq mos kelmasligi mumkin.Shuningdek, qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi yangi tizimning muhim qismiga aylanadi, biroq u universitet ta’limining o‘rnini bosmaydi. Islohotdan maqsad esa ta’limni amalda ishlaydigan tizimga aylantirishdir.
https://oz.sputniknews.uz/20250919/rossiya-talim-52076468.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45619923_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_e027c50522f9574950b0a5efaa2b8367.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya oliy ta’limi, bakalavr, magistr, yangi ta’lim modeli, kseniya goracheva, bolonya tizimi, otm, muhandislik ta’limi, budjet o‘rinlari, aspirantura
rossiya oliy ta’limi, bakalavr, magistr, yangi ta’lim modeli, kseniya goracheva, bolonya tizimi, otm, muhandislik ta’limi, budjet o‘rinlari, aspirantura
Bakalavr va magistr bekor qilinadi — Rossiya oliy ta’limi mehnat bozoriga moslashtirilmoqda
Yangi tizimda 4–6 yillik tayanch va 1–3 yillik ixtisoslashtirilgan bosqich joriy etiladi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. 1 sentabrdan Rossiya oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura o‘rnini bosadigan yangi oliy ta’lim modeliga o‘tadi. Bu haqda Davlat dumasining fan va oliy ta’lim qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kseniya Goracheva RIA Novostiga
ma’lum qildi.
"Bakalavr — magistr" formulasi o‘rniga: mutaxassislikka qarab to‘rt yildan olti yilgacha bo‘lgan tayanch oliy ta’lim va bir yildan uch yilgacha bo‘lgan ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim, ya’ni yangilangan magistratura shakli joriy etiladi", — dedi u.
Yangi tizimga ko‘ra, tayanch dastur bitiruvchilari keyingi bosqichda o‘qishga budjet o‘rinlari uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi, aspirantura esa alohida ta’lim bosqichiga aylanadi.
Mazkur o‘zgarishlar Bolonya tizimini almashtirish bo‘yicha 2022-yildan boshlangan muhokamalar natijasi bo‘lib, avval oltita universitetda tajriba sifatida sinovdan o‘tkazilgan. Endi ushbu tajriba keng joriy etilmoqda.
Gorachevaning ta’kidlashicha, mehnat bozori tez o‘zgarmoqda, OTM dasturlari esa har doim ham bu talablarga ulgurmayapti. Shu sabab bitiruvchilarning ko‘nikmalari ish beruvchilar ehtiyojiga to‘liq mos kelmasligi mumkin.
Yangi model universitetlarga fundamentallikni saqlagan holda o‘quv dasturlarini real talablarga moslashtirish imkonini beradi. Ayni paytda o‘qiyotgan talabalar esa o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni davom ettiradilar.
Shuningdek, qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi yangi tizimning muhim qismiga aylanadi, biroq u universitet ta’limining o‘rnini bosmaydi. Islohotdan maqsad esa ta’limni amalda ishlaydigan tizimga aylantirishdir.