https://oz.sputniknews.uz/20260129/rosatom-ozatom-radioaktiv-chiqindi-memorandum-55355191.html
"Rosatom" va "O‘zatom" radioaktiv chiqindilar bo‘yicha memorandum imzoladi
"Rosatom" va "O‘zatom" radioaktiv chiqindilar bo‘yicha memorandum imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
"Rosatom" va "O‘zatom" radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish va xavfli obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish bo‘yicha memorandum imzoladi.
2026-01-29T19:13+0500
2026-01-29T19:13+0500
2026-01-29T19:13+0500
aes
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
atom energetikasini rivojlantirish agentligi
o‘zatom
rosatom
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1d/55354909_0:0:2000:1125_1920x0_80_0_0_e5ddea506c587528768daa733fde0453.jpg
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. "Rosatom" davlat korporatsiyasi tarkibidagi "TVEL" AJ va O‘zbekiston Atom energetikasi agentligi ("O‘zatom") radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish va yadroviy hamda radiatsion xavfli obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.Hujjat ilmiy, texnik va amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi. Rossiya tomoni o‘z tajribasi asosida O‘zbekistonda radioaktiv chiqindilar bilan ishlash milliy tizimini rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlashda ekspert yordami ko‘rsatadi. Shuningdek, ilg‘or texnologiya va amaliyotlar bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan."TVEL" MDH davlatlari bilan ushbu yo‘nalishda faol hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, Belarusda "BelRAO" tashkiloti tuzilgan va RAChni yakuniy izolyatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. 2025-yil noyabrida Qozog‘iston bilan ham shunga o‘xshash memorandum imzolangan.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya tinch atom sohasida keng ko‘lamli hamkorlikni amalga oshirmoqda. 2024-yil may oyida Jizzax viloyatida RITM-200N reaktorlari asosida kichik quvvatli AES qurish bo‘yicha dunyodagi ilk eksport shartnomasi imzolangan. "TVEL", shuningdek, O‘zbekiston FA Yadro fizikasi instituti bilan tadqiqot reaktori uchun yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Toshkentda MIFI filiali faoliyat yuritmoqda.Bu yo‘nalish radioaktiv chiqindilar va ishlatilgan yoqilg‘i bilan xavfsiz muomala qilish, yadroviy va radiatsion xavfli obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish hamda ifloslangan hududlarni tiklash ishlarini o‘z ichiga oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251223/yadro-fizika-institut-rosatom-hamkorlik-54406809.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1d/55354909_124:0:1896:1329_1920x0_80_0_0_54e457752d2b68bb9520f9d6ce339d6d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rosatom, tvel, o‘zatom, radioaktiv chiqindilar, rach, atom energetikasi, jizzax aes, mifi, yadro xavfsizligi
rosatom, tvel, o‘zatom, radioaktiv chiqindilar, rach, atom energetikasi, jizzax aes, mifi, yadro xavfsizligi
"Rosatom" va "O‘zatom" radioaktiv chiqindilar bo‘yicha memorandum imzoladi
"TVEL" AJ va "O‘zatom" radioaktiv chiqindilar bilan xavfsiz muomala qilish va xavfli obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. "Rosatom" davlat korporatsiyasi tarkibidagi "TVEL" AJ va O‘zbekiston Atom energetikasi agentligi ("O‘zatom") radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish va yadroviy hamda radiatsion xavfli obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risida
memorandum imzoladi.
Hujjat ilmiy, texnik va amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi. Rossiya tomoni o‘z tajribasi asosida O‘zbekistonda radioaktiv chiqindilar bilan ishlash milliy tizimini rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlashda ekspert yordami ko‘rsatadi. Shuningdek, ilg‘or texnologiya va amaliyotlar bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.
Radioaktiv chiqindilar bilan xavfsiz muomala qilish zamonaviy atom sohasini shakllantirishning muhim qismi hisoblanadi va xalqaro xavfsizlik standartlariga mos meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirishni talab qiladi.
"TVEL" MDH davlatlari bilan ushbu yo‘nalishda faol hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, Belarusda "BelRAO" tashkiloti tuzilgan va RAChni yakuniy izolyatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. 2025-yil noyabrida Qozog‘iston bilan ham shunga o‘xshash memorandum imzolangan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya tinch atom sohasida keng ko‘lamli hamkorlikni amalga oshirmoqda. 2024-yil may oyida Jizzax viloyatida RITM-200N reaktorlari asosida kichik quvvatli AES qurish bo‘yicha dunyodagi ilk eksport shartnomasi imzolangan. "TVEL", shuningdek, O‘zbekiston FA Yadro fizikasi instituti bilan tadqiqot reaktori uchun yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Toshkentda MIFI filiali faoliyat yuritmoqda.
Bu yo‘nalish radioaktiv chiqindilar va ishlatilgan yoqilg‘i bilan xavfsiz muomala qilish, yadroviy va radiatsion xavfli obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish hamda ifloslangan hududlarni tiklash ishlarini o‘z ichiga oladi.