Putin O‘zbekistondagi elchi Yerxovni Nevskiy ordeni bilan taqdirladi

© Rusya Ankara BüyükelçiliğiNovim poslom Rossii v Uzbekistane stal Aleksey Yerxov
Novim poslom Rossii v Uzbekistane stal Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi RFning tashqi siyosatini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik halol diplomatik xizmati uchun taqdirlangan.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi. 28-yanvar kuni imzolangan tegishli farmon Rossiya huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

"Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik halol diplomatik xizmati uchun Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksey Vladimirovich Yerxov Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlansin", — deyiladi hujjatda.

Ma’lumot uchun, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra Aleksandr Nevskiy ordeni davlat xizmatidagi ko‘p yillik fidoiy mehnat, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, davlat qurilishi, iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy sohalardagi yuqori yutuqlar, shuningdek jangovar sharoitlarda ko‘rsatilgan alohida xizmatlar uchun beriladi.
Aleksey Yerxov 2025-yil sentabrdan buyon Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimio‘a ishlab kelmoqda. Bunga qadar u Rossiyaning Turkiyadagi elchisi bo‘lgan.
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
Siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik va migratsiya: Rossiya elchisi Yerxov intervyu berdi
Yangiliklar lentasi
0