O‘zbekiston YaIM so‘nggi 5-yilda qanday o‘zgardi — infografika

Obuna bo‘lish
2025 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1 849,7 trillion so‘mni tashkil etdi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 861,2 trillion so‘m bo‘lgan va so‘nggi besh yilda qariyb ikki barobarga oshgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 1 849,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga o‘sgan.
Ushbu davrda YaIM tarkibida ayrim tarmoqlar ulushida o‘zgarish kuzatildi. Xizmatlar sohasining ulushi 48,2 foizdan 48,6 foizga, sanoatniki 26,1 foizdan 26,8 foizga, qurilishniki esa 7,2 foizdan 7,3 foizga oshdi.
Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 18,5 foizdan 17,3 foizga kamaydi.
YaIMning so‘nggi 5-yildagi o‘zgarishi haqida — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0