Suzish havzasi qurganlarga xarajatlarining yarmi qoplab beriladi — yangi qaror

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.Basseyn v Gulistane
Basseyn v Gulistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2026
Obuna bo‘lish
Yangi tartibga ko‘ra, basseyn qurish xarajatlarining yarmigacha davlat tomonidan qoplab beriladi. Kompensatsiya miqdori 100 million so‘mdan oshmaydi
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Hududlarda quriladigan dastlabki 100 ta basseyn uchun xarajatlarning 50 foizigacha, ammo 100 million so‘mdan oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Hukumat qarori bilan tegishli reglament tasdiqlandi.
Mablag‘lar 2026-yil 1-fevraldan 2028-yil 1-yanvargacha ajratiladi.
Talabgor quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi;
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi;
faoliyati vaqtincha to‘xtatilmagan bo‘lishi;
sud qarori bilan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilmagan bo‘lishi.
Ariza Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali Turizm qo‘mitasiga beriladi.
Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
suzish havzasining loyiha hujjatlari nusxasi;
suzish havzasini qurish va ishga tushirish uchun tuzilgan pudrat shartnomasi nusxasi;
shartnomaga asosan to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlovchi elektron hujjat nusxalari.
Qaror qabul qilinganidan so‘ng 10 ish kuni ichida mablag‘lar talabgor hisobvarag‘iga o‘tkaziladi..
Kran s vodoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2025
Ayrim oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
Yangiliklar lentasi
0