O‘zbekistondan qurilish materiallari eng ko‘p eksport qilinayotgan top-5 davlat

Obuna bo‘lish
2025 yil yakunlariga ko‘ra, qurilish materiallari sohasida ishlab chiqarish va tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmi sezilarli oshdi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 52,6 trillion so‘mga yetdi, eksport esa 1,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Jumladan, 21,5 million tonna sement, 40 million kv.m qurilish oynasi, 47 million kv.m keramik plitka, 110 million kv.m gipsokarton, 336 ming tonna quruq qurilish aralashmalari va 830 ming dona sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarildi.
2025 yilda soha bo‘yicha eksport rejasi to‘liq bajarildi.
Davlatlar kesimida eksport:
Rossiyaga — 251 mln dollarlik metall buyumlar, keramika, marmar va granit buyumlar, PVX profil, truba va fitinglar;
Qozog‘istonga — 207 mln dollarlik metall buyumlar, PVX profil, truba va fitinglar, keramika, quruq qurilish aralashmalari, gipsokarton, portlandsement, tosh buyumlar;
Qirg‘izistonga — 180 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, sement, quruq qurilish aralashmalari, gipsokarton, alyumin profil va kompozit materiallar, metall buyumlar;
Tojikistonga — 127 mln dollarlik metall buyumlar, PVX va plastmassa buyumlar, keramika, DSP, MDF, boshqa plitalar, sement va bog‘lovchi mahsulotlar, oyna mahsulotlari;
Afg‘onistonga — 32 mln dollarlik sement, gulqog‘oz va qog‘oz mahsulotlari, PVX profil, truba va fitinglar, gipsokarton eksport qilindi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0