Soliq tizimida yashirin iqtisodiyot, korrupsiya va ortiqcha to‘lovlar ochiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa sobranii bilo podvergnuto kritike sostoyanie nalogovogo administrirovaniya v gorode Tashkente
Na sobranii bilo podvergnuto kritike sostoyanie nalogovogo administrirovaniya v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Obuna bo‘lish
Poytaxtda yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi 60 trillion so‘mga yetgan.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektorda Toshkent shahridagi yashirin iqtisodiyot va soliq ma’murchiligi holati tanqid qilindi.
Qayd etilishicha, poytaxtda yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi 60 trillion so‘mga yetgan bo‘lib, bu budjet yiliga 7,5 trillion so‘m yo‘qotishiga olib kelmoqda. Aksiz solig‘i to‘lovchilar ishlab chiqarish va savdo hajmini yashirgani oqibatida 66 milliard so‘m soliqdan qochilgan.
QQS to‘lovchilarning qariyb 30 ming nafari bu soliqdan biror so‘m to‘lamagan. Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida kassa apparatlarining to‘rtdan biri ishlatilmayapti.
Tekshiruvlarda 70 milliard so‘m soliq hisoblanmasdan qolgani aniqlangan.
Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i D. Usmanov ishdan olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Malika” savdo kompleksida 1,5 ming tadbirkordan faqat to‘rtdan biri ro‘yxatdan o‘tgan, dekabr oyida 600 milliard so‘mlik savdo tushumi yashirilgan.
Shahar soliq boshqarmasi budjet rejasini ayrim tadbirkorlardan ortiqcha to‘lov undirish hisobidan bajarayotgani aytildi. 46,4 ming korxonadan 876 milliard so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan.
QQSni sun’iy ortiqcha to‘lov orqali budjetdan noqonuniy qoplash holatlari ko‘paygan. Bu bo‘yicha 20 nafar soliq xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yig‘ilishda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ishdan olindi. Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i X. Mullajonov va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Yu. Nasimdjanovni ishdan olish topshirildi.

Soliq qo‘mitasi raisiga poytaxtdagi barcha tuman soliq inspeksiyalari rahbarlarini almashtirish va korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit yaratish vazifasi qo‘yildi.
Davlat soliq qo‘mitasi binosi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
O‘zbekistonda 2025-yilda soliq tushumi qancha bo‘ldi: qo‘mita raqamlarni ochiqladi
Yangiliklar lentasi
0