Rossiyalik olim 190-yildan buyon “yechimi yo‘q” deb kelingan tenglamaga yechim topdi

© iStockRossiyskiy ucheniy reshil odnu iz "vechnix problem" matematiki
Rossiyskiy ucheniy reshil odnu iz vechnix problem matematiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyalik matematik XIX asrdan beri yechib bo‘lmaydi deb hisoblangan differensial tenglamalarni yechish usulini taklif qildi. Olimlar bu yondashuvni muhim natija deb baholamoqda.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiyalik matematik Ivan Remizov XIX asrdan beri yechib bo‘lmaydi deb hisoblangan muammoga yechim taklif qildi.
U tabiatdagi ko‘plab jarayonlarni tasvirlashda ishlatiladigan murakkab tenglamalarni yechish usulini topgan.
Bunday tenglamalar mayatnik tebranishidan tortib elektr tarmoqlaridagi signallar va sayyoralar harakatigacha bo‘lgan jarayonlarni tushuntirishda qo‘llanadi. Olimlar uzoq yillar davomida ular uchun umumiy formula yo‘q, degan fikrda bo‘lib kelgan.
Remizov esa muammoga boshqacha yondashdi. U murakkab jarayonni ko‘plab mayda va sodda qismlarga ajratib, ularni bosqichma-bosqich hisoblash orqali aniq natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatdi.
Ya’ni ilgari yechimi yo‘qdek tuyulgan tenglamalarni endi ma’lum usul orqali hisoblab chiqish mumkin.
Bu usul murakkab tabiiy va texnik jarayonlarni tasvirlaydigan tenglamalarni avvalgidan ancha oson va aniq hisoblash imkonini beradi. Olimlar fikricha, u fizika, muhandislik va iqtisodiy modellashtirishda yangi hisoblash yondashuvlariga yo‘l ochishi mumkin.
Nagrajdenie uchashixsya i ix uchiteley, pobedivshix na prestijnix olimpiadax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Nufuzli fan olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandi: bu maqsadga 12,4 mlrd so‘m ajratilgan
Yangiliklar lentasi
0