https://oz.sputniknews.uz/20260127/leningrad-qamal-qurbonlar-xotira-yod-etilish-55310525.html
O‘zbekistonda Leningrad qamali qurbonlari xotirasi yod etildi - video
O‘zbekistonda Leningrad qamali qurbonlari xotirasi yod etildi - video
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Leningrad qamali qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. G‘alaba bog‘i va memorial majmualarda gullar qo‘yildi.
2026-01-27T17:45+0500
2026-01-27T17:45+0500
2026-01-27T17:46+0500
g‘alaba
rossiya
diplomatlar
sankt-peterburg
toshkent
rossotrudnichestvo
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1b/55305364_0:0:3066:1725_1920x0_80_0_0_90e6bb9978c557ffc0500b95b7dcdc0a.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. 82-yil oldin, 1944-yil 27-yanvarda Leningrad nemis-fashistlar qamalidan butunlay ozod qilingan. Halok bo‘lgan shahar aholisi va himoyachilarining xotirasiga Toshkentda ehtirom ko‘rsatildi. Xotira tadbirlari “Birodarlik qabristoni” memorial majmuasi hududida hamda 2025-yilda “Leningrad monumenti”odgorligi ochilgan G‘alaba bog‘ida o‘tkazildi.Unda Rossiya elchixonasi diplomatlari, Rossotrudnichestvo, Rus madaniyat markazi vakillari, faxriylar va yoshlar tashkilotlari a’zolari, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etganini SputnikO‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.Leningrad 1941-yil 8-sentabrdan boshlab 872 kun davomida qamalda bo‘lib, insoniyatga zid sharoitlarda yashashga majbur bo‘ldi. Minglab odamlar ochlikdan vafot etdi. O‘zbekiston qamal qilingan shahar aholisining ko‘pchiligi uchun ikkinchi vatanga aylandi. Ikkinchi jahon urushi davrida bu yerga 1,5 million nafardan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, ular orasida qamal qilingan Leningrad, Belarus va Ukrainadan olib kelingan 250 mingdan ziyod yetim bolalar ham bor edi.O‘zbekistonda bu dahshatli yillarda halok bo‘lganlarning xotirasi e’zozlanadi. Har yili fashistlar qamalining to‘liq bartaraf etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.2025 yil sentabr oyida Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” memorial majmuasida “Leningrad monumenti” yodgorligi ochildi. Marosimda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ishtirok etdi.“Birodarlik qabristoni” memorial majmuasi hududida Sankt-Peterburgdagi Piskarov memorial qabristonidan keltirilgan, Leningrad yaqinidagi janglarda qatnashgan O‘zbekistonning 7 ming askari dafn etilgan joydan olingan tuproq va xoklar solingan kapsula joylashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250506/bolalar-ozbekiston-leningrad-qamal-49225218.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1b/55305364_123:0:2854:2048_1920x0_80_0_0_26b2c65be0bb030717be3841ac44762a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
leningrad, toshkent, qamal, g‘alaba bog‘i, birodarlik qabristoni, rossotrudnichestvo, xotira tadbiri
leningrad, toshkent, qamal, g‘alaba bog‘i, birodarlik qabristoni, rossotrudnichestvo, xotira tadbiri
O‘zbekistonda Leningrad qamali qurbonlari xotirasi yod etildi - video
17:45 27.01.2026 (yangilandi: 17:46 27.01.2026) Eksklyuziv
Gul qo‘yish marosimi “Birodarlik qabristoni" memorial majmuasi hududida hamda G‘alaba bog‘idagi “Leningrad monumenti” yodgorligi oldida bo‘lib o‘tdi
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. 82 yil oldin, 1944-yil 27-yanvarda Leningrad nemis-fashistlar qamalidan butunlay ozod qilingan. Halok bo‘lgan shahar aholisi va himoyachilarining xotirasiga Toshkentda ehtirom ko‘rsatildi.
Xotira tadbirlari “Birodarlik qabristoni” memorial majmuasi hududida hamda 2025-yilda “Leningrad monumenti”odgorligi ochilgan G‘alaba bog‘ida o‘tkazildi.
Unda Rossiya elchixonasi diplomatlari, Rossotrudnichestvo, Rus madaniyat markazi vakillari, faxriylar va yoshlar tashkilotlari a’zolari, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etganini
SputnikO‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.
“Bugun Toshkentda ana shu insonlar xotirasini yod etish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan nihoyatda mamnunmiz va qamal qurbonlarini o‘z yaqinlaridek qabul qilgani, ularni mushkul vaziyatda tashlab qo‘ymagani uchun O‘zbekistonga yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu sana O‘zbekiston uchun ham, Rossiya uchun ham xotira kuni bo‘lib, u umumiy o‘tmishimizni yana bir bor ko‘rsatadi deb hisoblayman”, - dedi Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya.
Leningrad 1941-yil 8-sentabrdan boshlab 872 kun davomida qamalda bo‘lib, insoniyatga zid sharoitlarda yashashga majbur bo‘ldi. Minglab odamlar ochlikdan vafot etdi. O‘zbekiston qamal qilingan shahar aholisining ko‘pchiligi uchun ikkinchi vatanga aylandi. Ikkinchi jahon urushi davrida bu yerga 1,5 million nafardan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, ular orasida qamal qilingan Leningrad, Belarus va Ukrainadan olib kelingan 250 mingdan ziyod yetim bolalar ham bor edi.
O‘zbekistonda bu dahshatli yillarda halok bo‘lganlarning xotirasi e’zozlanadi. Har yili fashistlar qamalining to‘liq bartaraf etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.
2025 yil sentabr oyida Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” memorial majmuasida “Leningrad monumenti” yodgorligi ochildi. Marosimda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ishtirok etdi.
“Birodarlik qabristoni” memorial majmuasi hududida Sankt-Peterburgdagi Piskarov memorial qabristonidan keltirilgan, Leningrad yaqinidagi janglarda qatnashgan O‘zbekistonning 7 ming askari dafn etilgan joydan olingan tuproq va xoklar solingan kapsula joylashtirilgan.