O‘zbekistonda oylik ish haqi eng ko‘p qaysi sohalarda oshgan - infografika

Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatda ish haqi o‘sishi saqlanib qolgan va qator sohalarda sezilarli oshish kuzatilgan.
2025 yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6,4 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,9 foizga oshgan.
Bu ma’lumotlar Milliy statistika qo‘mitasining iqtisodiy faoliyat turlari kesimida o‘rtacha oylik nominal ish haqi bo‘yicha 2025-yil natijalarini 2024-yilning mos davri bilan taqqoslagan hisobotida keltirilgan.
Shu davrda eng katta o‘sish san’at, ko‘ngilochar va dam olish sohasida kuzatilib, 26,4 foizni tashkil etgan. Eng past o‘sish esa yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida qayd etilgan bo‘lib, 10,8 foizni tashkil etgan.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0