Xokkey va voleybolni rivojlantirish: Mirziyoyev OCA Bosh assambleyasida ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v 46-y Generalnoy assamblee Olimpiyskogo soveta Azii
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v 46-y Generalnoy assamblee Olimpiyskogo soveta Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
Obuna bo‘lish
Prezident OCA Bosh assambleyasida ishtirok etib, O‘zbekiston sport federatsiyalari xalqaro tashkilotlar bilan 20 tadan ortiq bitim imzolaganini qayd etdi va infratuzilma loyihalarini e’lon qildi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda yetakchi xalqaro va mintaqaviy sport tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniyni Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi hamda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Xalqaro va Osiyo sport tashkilotlari O‘zbekiston milliy sport federatsiyalari bilan 20 dan ortiq bitimlar imzolagani ta’kidlandi.
Xususan:
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika sport klubini ilmiy yondashuv asosida rivojlantirishga ko‘maklashadi;
Birlashgan kurash dunyosi tashkiloti Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasini tashkil etadi;
Osiyo voleybol konfederatsiyasi har bir viloyatda 1 tadan voleybol sport klubi bunyod etadi;
Chim ustida xokkey xalqaro federatsiyasining texnik ko‘magida 2 ta stadion quriladi.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tish🟠Shavkat Mirziyoyev nagradil novogo glavu Olimpiyskogo soveta Azii ordenom "Shon-Sharaf"
🟠Shavkat Mirziyoyev nagradil novogo glavu Olimpiyskogo soveta Azii ordenom Shon-Sharaf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
🟠Shavkat Mirziyoyev nagradil novogo glavu Olimpiyskogo soveta Azii ordenom "Shon-Sharaf"
Tadbir yakunida shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy olimpiya harakatini rivojlantirish va sport tashabbuslarini ilgari surishga qo‘shayotgan hissasi uchun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlandi.
V Tashkente nachalas 46-ya Generalnaya Assambleya Olimpiyskogo soveta Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi boshlandi
Yangiliklar lentasi
0