"Yangi O‘zbekiston yulduzlari" mukofoti: "Homay" xiti ijrochilari Toshkentga keladi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichAy Yola guruhi qo‘shiqchisi (Adel Shayxitdinova)
Ay Yola guruhi qo‘shiqchisi (Adel Shayxitdinova) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
Obuna bo‘lish
"Homay" qo‘shig‘i bilan mashhur Rossiyaning Ay Yola guruhi 28-yanvar kuni Toshkentdagi "Yangi O‘zbekiston yulduzlari" mukofotlash marosimida ishtirok etadi
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2025 yilda dunyo xitlaridan biriga aylangan "Homay" qo‘shig‘i ijrochilari — "Ay Yola" guruhi 28-yanvar kuni O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Guruh Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Yangi O‘zbekiston yulduzlari" madaniyat va san’at milliy mukofoti nomzodlarini tantanali taqdirlash marosimida mehmon sifatida ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbirda Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti Nigina Amonqulova, Ozarbayjon xalq artisti Mensum Ibrahimov hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanaq Mamedova ham mehmon sifatida qatnashishi kutilmoqda.
Taqdirlash marosimini 28-yanvar kuni soat 19:00 da ZO‘R TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
V Uzbekistane nachalis  syemki xudojestvennogo filma Uchitel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
O‘zbekistonda tatar allomasi Marjoniy haqida film suratga olish boshlandi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0