Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII aholisining 95 foizi onlayn xarid qiladi — huquqlar himoyasi kuchaytiriladi

© Unsplash/Campaign CreatorsElektronnaya torgovlya v internete.
Elektronnaya torgovlya v internete. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda internet xaridlar ommalashmoqda, ammo iste’molchilarning katta qismi huquqlari buzilishiga duch kelmoqda. Vaziyatni yaxshilash uchun xabardorlik va o‘quv tadbirlari kuchaytirish rejalashtirilmoqda
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida internet orqali xarid qilish tobora ommalashib bormoqda. Bu haqda YeIK Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Lidiya Osaulenko ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YeOII aholisining 95 foizi internet orqali tovar sotib oladi, 80 foizi esa xizmatlardan foydalanadi. Biroq, iste’molchilarning katta qismi o‘z huquqlarining buzilishiga duch kelmoqda — Ittifoq mamlakatlarida har ikkinchi fuqaro shunday holatga tushgan.
2026 yilda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi YeOII davlatlari bilan hamkorlikda fuqarolarning internet orqali tovar va xizmatlar xarid qilishdagi huquqlari bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot va o‘quv tadbirlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
"Biz ko‘pincha onlayn xarid qilamiz, lekin, afsuski, ko‘pincha huquqlarimizning buzilishiga duch kelamiz - sifatsiz mahsulot, yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar, pulni qaytarib ololmaslik va ba’zan shunchaki aldov. Aynan shuning uchun YeOIIda xaridorlarning internetdagi huquqlari va ularni himoya qilish usullari haqidagi bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda," - dedi Lidiya Osaulenko.
Shu munosabat bilan yaqin kelajakda iste’molchilar uchun xavfsiz onlayn xarid qoidalari, firibgarlikdan himoyalanish va sotuvchilar bilan yuzaga keladigan nizolarni hal qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilishi kutilmoqda.
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2026
YeOIIda elektron tijorat uchun yagona huquqiy muhit yaratilmoqda
Yangiliklar lentasi
0