https://oz.sputniknews.uz/20260124/germaniya-aqsh-raketalarini-joylashtirishdan-voz-kechishi-kerak-55240016.html
AQShning "beg‘araz himoyachiligi" mutlaq ertak ekan - germaniyalik siyosatchi
AQShning "beg‘araz himoyachiligi" mutlaq ertak ekan - germaniyalik siyosatchi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniya va Yevropa Qo‘shma Shtatlarga bo‘ysunish siyosatidan voz kechishi kerak. 24.01.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-01-24T16:31+0500
2026-01-24T16:31+0500
2026-01-24T16:41+0500
germaniya
aqsh
rossiya
mintaqalararo ballistik raketa
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0b/23894406_0:171:3035:1878_1920x0_80_0_0_cd304e4098c3858258a2c08130f3bdba.jpg
TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Yevropa o‘z hududlarida Amerika o‘rta masofali raketalarini joylashtirishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak, dedi Germaniyaning Aql va Adolat Ittifoqi (BSW) partiyasi rahbari Sara Vagenknext.AQSh rasmiylarining "imperiyaga xos maniakal urinishlari” ularning "qadriyatlarga asoslangan tartibi" va AQShning “beg‘araz himoyachi-davlat” ekanligi haqidagi tushunchalar — mutlaq ertak ekanini fosh qildi, - dedi siyosatchi.Eslatib o‘tamiz, 2024-yil iyul oyida AQShning oldingi ma’muriyati va Germaniya hukumati 2026-yildan boshlab Germaniyada Amerika yuqori aniqlikdagi raketa tizimlarini joylashtirish rejalarini e’lon qilishdi. Bu tizimlar Yevropada mavjuda raketalardan sezilarli ustun bo‘lib, SM-6 va “Tomahavk” raketalari, shuningdek, gipertovushli qurollar kiradi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar AQSh Germaniyada qurol joylashtirsa, Rossiya o‘zini o‘rta va qisqa masofali zarba berish tizimlarini joylashtirishga qo‘yilgan moratoriydan ozod deb hisoblashini aytgan edi. Dekabr oyida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Putindan Belarus hududida “Oreshnik” o‘rta masofali raketa tizimini o‘z ichiga olgan eng so‘nggi rus qurollarini joylashtirishni so‘radi. Rossiya rahbari 2025-yilning ikkinchi yarmida respublikada “Oreshnik”ni joylashtirish mumkin deb hisoblaganini aytdi. Belarus Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari Sergey Lagoduk bu qaror AQSh va Germaniyaning Yevropada o‘rta masofali raketalarni joylashtirish bo‘yicha harakatlariga javoban qabul qilinganini aytdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0b/23894406_153:0:2882:2047_1920x0_80_0_0_119c8950c254fecc871920b99f52bd0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
germaniya, aqsh, rossiya, mintaqalararo ballistik raketa, nato
germaniya, aqsh, rossiya, mintaqalararo ballistik raketa, nato
AQShning "beg‘araz himoyachiligi" mutlaq ertak ekan - germaniyalik siyosatchi
16:31 24.01.2026 (yangilandi: 16:41 24.01.2026) Germaniya va Yevropa Qo‘shma Shtatlarga bo‘ysunish siyosatidan voz kechishi kerak.
TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Yevropa o‘z hududlarida Amerika o‘rta masofali raketalarini joylashtirishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak, dedi Germaniyaning Aql va Adolat Ittifoqi (BSW) partiyasi rahbari Sara Vagenknext.
AQSh rasmiylarining "imperiyaga xos maniakal urinishlari” ularning "qadriyatlarga asoslangan tartibi" va AQShning “beg‘araz himoyachi-davlat” ekanligi haqidagi tushunchalar — mutlaq ertak ekanini fosh qildi, - dedi siyosatchi.
“Germaniya va Yevropa nihoyat Amerika siyosatiga bo‘ysunishdan xalos bo‘lishlari kerak! Avvalo, bu yil rejalashtirilgan Amerika o‘rta masofali raketalarini joylashtirishni bekor qilish kerak, bu Germaniya uchun urush xavfini sezilarli darajada oshiradi", - deb yozdi u o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil iyul oyida AQShning oldingi ma’muriyati va Germaniya hukumati 2026-yildan boshlab Germaniyada Amerika yuqori aniqlikdagi raketa tizimlarini joylashtirish rejalarini e’lon qilishdi. Bu tizimlar Yevropada mavjuda raketalardan sezilarli ustun bo‘lib, SM-6 va “Tomahavk” raketalari, shuningdek, gipertovushli qurollar kiradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar AQSh Germaniyada qurol joylashtirsa, Rossiya o‘zini o‘rta va qisqa masofali zarba berish tizimlarini joylashtirishga qo‘yilgan moratoriydan ozod deb hisoblashini aytgan edi. Dekabr oyida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Putindan Belarus hududida “Oreshnik” o‘rta masofali raketa tizimini o‘z ichiga olgan eng so‘nggi rus qurollarini joylashtirishni so‘radi. Rossiya rahbari 2025-yilning ikkinchi yarmida respublikada “Oreshnik”ni joylashtirish mumkin deb hisoblaganini aytdi. Belarus Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari Sergey Lagoduk bu qaror AQSh va Germaniyaning Yevropada o‘rta masofali raketalarni joylashtirish bo‘yicha harakatlariga javoban qabul qilinganini aytdi.