Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Kuba YeIK huzurida o‘zining yangi doimiy vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazdi

© Press-slujba YeEKBakitjan Sagintayev va Kubaning yangi doimiy vakili Enrike Orta Gonsales
Bakitjan Sagintayev va Kubaning yangi doimiy vakili Enrike Orta Gonsales - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2026
Obuna bo‘lish
YeIK va Kuba hukumati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Kuba o‘zining Rossiyadagi elchisi Enrike Orta Gonsalesni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) huzuridagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazdi.
Mamlakatning yangi doimiy vakili o‘zining farxiy yorlig‘ini YeIK hay’ati raisi Bakitjan Sagintayevga topshirdi.
YeIK matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida YeIK va Kubaning o‘zaro hamkorligi yuzasidan batafsil fikr almashildi. Xususan, YeIK va Kuba hukumati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sagintayevning ma’lum qilishicha, 2025-yilda tomonlar 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasini yakunladi. Endi shunga o‘xshash hujjat keyingi besh yillik uchun kelishilmoqda.

“Biz Kubaning deyarli barcha davlat boshqaruv organlarining Yevroosiyo "beshligi" davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda faol ishtirokini yuqori baholaymiz. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, o‘z navbatida, mamlakatlarimizning biznes muloqotini rivojlantirishga imkon qadar ko‘proq hissa qo‘shishga tayyor”, - deya ta’kidladi YeIK hay’ati raisi.

Eslatamiz, Kuba Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida O‘zbekiston bilan birga kuzatuvchi davlat maqomi olgan.
Sostoyalos zasedanie Sovmestnoy komissii YeIK i Pravitelstva Kubi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII–Kuba muzokaralari: sanoat va turizmdagi loyihalar muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0