Har oy “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishDonorlik aksiyasi, arxiv surat
Donorlik aksiyasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2026
Obuna bo‘lish
Aksiya doirasida har oyning 1 haftasi mobaynida – qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida, har oyning 3 haftasi mobaynida – ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarda qon donorligi tashkil etiladi.
TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi.
Prezident qarori bilan 2026-yil 1-yanvardan beg‘araz qon donorligi harakatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tizim joriy etildi:
har oyda “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur aksiya doirasida har oyning 1 haftasi mobaynida – qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida, har oyning 3 haftasi mobaynida – ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarda qon donorligi tashkil etiladi;
O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimiga kiruvchi vazirlik, idora hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida har yili 1 marotaba donorlik kunlari o‘tkaziladi;
mehnat jamoalarida donorlik kunlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy hamda oliy ta’lim tashkilotlarida donorlik bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlar tashkil etiladi.
Shuningdek, tug‘ruqda tibbiy yordam ko‘rsatuvchi har bir muassasada qon va uning tarkibiy qismlari shoshilinch zaxirasi tashkil etilishi hamda uni qon va uning tarkibiy qismlari, jumladan, plazma va eritrotsitar massa zaxirasi bilan ta’minlanishi belgilandi.
Qon olish, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2026
Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi
Yangiliklar lentasi
0