O‘zbekistonda benzin va dizel ishlab chiqarish dinamikasi - infografika

Obuna bo‘lish
2025 yilda yoqilg‘i ishlab chiqarish tarkibida o‘zgarishlar qayd etildi. Benzin hajmi qisqargan bo‘lsa, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish o‘sishni ko‘rsatdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,7 foizga kamaygan. Xususan, ushbu mahsulot hajmi 1, 287 million tonnadan 1,2 million tonna darajasiga tushgan.
Shu bilan birga, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi oshgan. O‘tgan yil mamlakatda 1 158 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 18,6 foizga ko‘p. O‘shanda mazkur ko‘rsatkich 976,3 ming tonnani tashkil etgan edi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0