Samarqand muzey-qo‘riqxonasiga kelgan har beshinchi xorijiy sayyoh — Rossiya fuqarosi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande
Turisti fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Obuna bo‘lish
Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarning salmoqli qismini Rossiya fuqarolari tashkil etdi. Qariyb 579 ming xorijliklarning har beshinchisi rossiyalik bo‘lgan.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. 2025 yilda Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi O‘zbekistonda eng ko‘p tashrif buyurilgan muzey sifatida yetakchilik qildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, muzey-qo‘riqxonaning ekspozitsiyalari va tarixiy obyektlariga 1,14 milliondan ortiq tashrif buyuruvchi kelgan.
Muzey-qo‘riqxona direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Safura Ro‘zimuratovaning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, tashrif buyuruvchilarning qariyb yarmi xorijiy mehmonlar hisoblanadi.
Shu bilan birga, 579 mingga yaqin xorijiy sayyohning taxminan har beshinchisi Rossiya fuqarosidir.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p tashrif buyurilgan muzeylar top-5 taligidan, shuningdek, Registon ansambli, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi, Ichan qal’a hamda Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi ham o‘rin olgan.
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni qariyib bir millionga yetdi
Yangiliklar lentasi
0