https://oz.sputniknews.uz/20260120/norvay-yollanma-ukraine-brigada-shikoyat-55039420.html
Avtomobil o‘g‘irligi: norvegiyalik ayol yollanma askar Ukraina brigadasidan shikoyat qildi
Avtomobil o‘g‘irligi: norvegiyalik ayol yollanma askar Ukraina brigadasidan shikoyat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Norvegiyalik yollanma askar Sandra Eyra Ukraina Qurolli kuchlarining 157-mexanizatsiyalashgan brigadasi qarzga olgan avtomobilni qaytarishdan bosh tortayotganini aytdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda yozdi.
2026-01-20T16:53+0500
2026-01-20T16:53+0500
2026-01-20T16:53+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
norvegiya
dunyo yangiliklari
dunyoda
firibgarlik
avtomobil
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55037341_0:174:1440:984_1920x0_80_0_0_2c6e0b5c8a8a8ae7d2ba3a4815175574.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Norvegiyalik yollanma askar Sandra Eyra Ukraina Qurolli kuchlarining 157-mexanizatsiyalashgan brigadasi ilgari qarzga olgan avtomobilni qaytarishdan bosh tortayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, DXR Oliy sudi o‘tgan yil oktabr oyida Eyrani 2022-yil fevraldan 2025-yil yozigacha Rossiya armiyasiga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun sirtdan 13-yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan."Kimdir nima qilishni biladimi? Mehribonligim tufayli avtomobilni bo‘linmaga qarzga berdim. Keyinchalik bo‘linma jiddiy larzaga keldi va qo‘mondonligi almashdi. Hozir esa mashinamni qaytarishdan bosh tortishapti. Buni o‘g‘rilik ham deyish mumkin. Gap 157-mexanizatsiyalashgan brigada haqida ketmoqda", — deb yozgan Eyra ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil 157-brigada nomi bilan emas, balki uning Kiyevdagi tanishi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan.Yollanma ayol ushbu holatni "o‘ta hurmatsiz, noprofessional va ahmoqona xatti-harakat" deb atab, obunachilaridan mashinani qanday qilib qaytarish mumkinligi bo‘yicha maslahat so‘ragan.
https://oz.sputniknews.uz/20260107/ukraine-harbiylar-hujum-bosh-tortish-54679728.html
norvegiya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55037341_0:39:1440:1119_1920x0_80_0_0_fd1c42e2b10d1b03acf392ba2b85340a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
norvegiya, yollanma askar, sandra eyra, ukraina qurolli kuchlari, vsu, 157-mexanizatsiyalashgan brigada, avtomobil, ijtimoiy tarmoq, dxr oliy sudi, sud hukmi, ria novosti
norvegiya, yollanma askar, sandra eyra, ukraina qurolli kuchlari, vsu, 157-mexanizatsiyalashgan brigada, avtomobil, ijtimoiy tarmoq, dxr oliy sudi, sud hukmi, ria novosti
Avtomobil o‘g‘irligi: norvegiyalik ayol yollanma askar Ukraina brigadasidan shikoyat qildi
Norvegiyalik yollanma ayol askar Ukraina Qurolli kuchlarining 157-mexanizatsiyalashgan brigadasi ilgari qarzga olgan avtomobilni qaytarishdan bosh tortayotganini ma’lum qildi
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Norvegiyalik yollanma askar Sandra Eyra Ukraina Qurolli kuchlarining 157-mexanizatsiyalashgan brigadasi ilgari qarzga olgan avtomobilni qaytarishdan bosh tortayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXR Oliy sudi o‘tgan yil oktabr oyida Eyrani 2022-yil fevraldan 2025-yil yozigacha Rossiya armiyasiga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun sirtdan 13-yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan.
"Kimdir nima qilishni biladimi? Mehribonligim tufayli avtomobilni bo‘linmaga qarzga berdim. Keyinchalik bo‘linma jiddiy larzaga keldi va qo‘mondonligi almashdi. Hozir esa mashinamni qaytarishdan bosh tortishapti. Buni o‘g‘rilik ham deyish mumkin. Gap 157-mexanizatsiyalashgan brigada haqida ketmoqda", — deb yozgan Eyra ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil 157-brigada nomi bilan emas, balki uning Kiyevdagi tanishi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yollanma ayol ushbu holatni "o‘ta hurmatsiz, noprofessional va ahmoqona xatti-harakat" deb atab, obunachilaridan mashinani qanday qilib qaytarish mumkinligi bo‘yicha maslahat so‘ragan.