https://oz.sputniknews.uz/20260119/trump-tarix-kirish-54903673.html
Tramp tarixga kirdi
Tramp tarixga kirdi
Sputnik O‘zbekiston
Grenlandiya AQSh, Yevropa, Xitoy o‘rtasidagi global raqobatning ifodasiga aylanmoqda. Muallif kinoya va publitsistik uslub orqali XXI asrda kuch, bozor va geosiyosat... 19.01.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-01-19T11:24+0500
2026-01-19T11:24+0500
2026-01-19T13:22+0500
donald tramp
aqsh
dunyo yangiliklari
dunyoda
yevropa ittifoqi
kolumnistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54899743_0:1:1180:665_1920x0_80_0_0_d803de7845d8c6ebdd3192510ca157e1.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Grenlandiyaning “Nezlamna fortetsa”si jiddiy xavf ostida qoldi. Dastlab yevropalik harbiylar demokratiyaning bu “qal’asi”ni Trampdan himoya qilishni rejalashtirib, orolga o‘zlarining ilg‘or, gender-flyuid harbiylaridan iborat “qudratli” guruhni tushirishdi, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti.Natija esa na o‘nta negr bolasi haqidagi sanoq she’richa, na qaroqchilar qo‘shig‘idagidek bo‘ldi: "O‘likning sandig‘iga o‘n besh kishi, yo-ho-ho va bir shisha rom".Grenlandiya maydoni ikki million kvadrat kilometrdan ortiq. Xo‘p, mayli, uch mushketor va ularga qo‘shilgan D’Artanyan butun boshli La-Roshelni bir necha soat himoya qilgan edi-ku. Bu yerda ham go‘yo qandaydir qahramonlik ko‘rinardi.AQSh prezidenti bu g‘ala-g‘ovurga nazar tashlab, yevropaliklardan Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralarni qachon o‘tkazish qulayroq bo‘lishini so‘radi. Atlantikaning narigi tomonida qo‘rquvdan jimjitlik hukm surdi.Javob bo‘lmagach, Tramp beparvolik bilan Grenlandiyaga o‘z harbiylarini yuborishga jur’at etgan barcha davlatlarga o‘n foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi.Oradan bir necha soat o‘tmasdan Germaniyaning o‘n besh nafar harbiysi orolni tark etdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi shoshilinch buyruq chiqarib, missiya yakunlanganini ma’lum qildi. Bundesver vakillari esa Germaniya harbiylari barcha vazifalarni muvaffaqiyatli bajarganini bildirdi.Shu tariqa, Grenlandiya mudofaasida bo‘shliq paydo bo‘ldi va orol yevropaliklar uchun strategik ahamiyatini tez orada yo‘qotishi mumkin, degan xavotirlar kuchaydi. Endi esa bojlar masalasi bor. Birgina Germaniya uchun qo‘shimcha o‘n foizlik boj yiliga 15 milliard yevrogacha zarar keltirishi mumkin. Mamlakat esa allaqachon inqirozda. Yevropa Ittifoqining boshqa a’zolarida ahvol bundan ham og‘ir. 1-iyundan esa bojlar 25 foizga chiqadi. Qandaydir javob bo‘lishi kerak, chunki yevropalik askarlarning Grenlandiyadan shoshilinch qochishi AQSh prezidentini yumshatishi dargumon. "Dadajon jazolaydi".Yevropaliklar Trampga juda “qattiq” javob qaytarishdi. Avvalo, Brusselda elchilarning shoshilinch uchrashuvi o‘tkazildi. Keyin esa Makron AQShga qarshi qo‘llashga va’da berilgan “savdo bazukasi” — Yevropa sanksiyalari va cheklovlari majmuasini eslatib o‘tdi.Nihoyat, Belgiya mudofaa vaziri AQSh Grenlandiyani bosib olgan taqdirda “B rejasi” borligini ma’lum qildi. Biroq uning mazmuni oshkor etilmadi. Agar Belgiyaning o‘zi jahli chiqqan bo‘lsa… tarqashamiz, yigitlar.Qo‘shma Shtatlarda esa yevropaliklarning bu urinishlari ustidan ochiqdan-ochiq kulishmoqda. Agar ular “dadajon”ni g‘azablantirsa, Tramp shunchaki Amerika bozorini yopib qo‘yadi. Bu esa Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun halokatli bo‘ladi. Grenlandiya qorlaridagi bechora yevropalik askarlar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. "Keling, ularni qo‘ng‘izlardek ezib tashlaylik!" — deya kinoya qiladi Fox News.Donald Tramp hozir ko‘z o‘ngimizda jahon tarixiga kirib bormoqda. Agar u haqiqatan ham Grenlandiyani qo‘shib olishga muvaffaq bo‘lsa, AQSh nodir tuproqlar va qimmatbaho metallar zaxirasiga, Xitoydan Yevropaga olib boruvchi savdo yo‘lini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan Arktikadagi strategik tayanch nuqtaga, shuningdek, raketaga qarshi va havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylashtirish uchun muhim hududga ega bo‘ladi.Qo‘shma Shtatlar bunday “sovg‘a”ni bir asrdan ortiq vaqtdan beri olmagan. Oxirgi hudud 1917-yilda, Vudro Vilson davrida, Daniyadan Virjiniya orollari sotib olingan edi. Bu yil esa AQSh tashkil topganining 250-yilligi nishonlanadi. Prezident mamlakatga tug‘ilgan kunga bundan yaxshiroq sovg‘a qilishi qiyin. Qiymati ham shunga yarasha — Grenlandiya keltirishi mumkin bo‘lgan foyda oldida 700 milliard dollar nima degan gap?Yevropaliklarga esa bunga kuchsiz g‘azab bilan qarashdan boshqa chora qolmayapti: Vashingtonga qarshi na iqtisodiy, na harbiy vosita bor. Xalqaro huquqqa murojaat qilish ham befoyda — Tramp unga fuqarolar urushi paytida Oliy sudni cheklab qo‘ygan Avraam Linkoln kabi qaraydi. U uchun davlat manfaati har qanday qonunchilik mayda-chүydasidan ustun. Axir u Amerikani yana buyuk qilish uchun kelgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54899743_147:0:1034:665_1920x0_80_0_0_fba3ccd381e99a66f6962fb31ca6e487.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
donald tramp, aqsh, dunyo yangiliklari, dunyoda, yevropa ittifoqi, kolumnistlar
donald tramp, aqsh, dunyo yangiliklari, dunyoda, yevropa ittifoqi, kolumnistlar
Tramp tarixga kirdi
11:24 19.01.2026 (yangilandi: 13:22 19.01.2026) Grenlandiya AQSh, Yevropa, Xitoy o‘rtasidagi global raqobatning ifodasiga aylanmoqda. Muallif kinoya va publitsistik uslub orqali XXI asrda kuch, bozor va geosiyosat qanday ishlayotganini tasvirlaydi
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Grenlandiyaning “Nezlamna fortetsa”si jiddiy xavf ostida qoldi. Dastlab yevropalik harbiylar demokratiyaning bu “qal’asi”ni Trampdan himoya qilishni rejalashtirib, orolga o‘zlarining ilg‘or, gender-flyuid harbiylaridan iborat “qudratli” guruhni tushirishdi, deb yozadi
RIA Novosti kolumnisti.
Natija esa na o‘nta negr bolasi haqidagi sanoq she’richa, na qaroqchilar qo‘shig‘idagidek bo‘ldi: "O‘likning sandig‘iga o‘n besh kishi, yo-ho-ho va bir shisha rom".
Norvegiya va Finlyandiyadan ikkitadan harbiy keldi. Buyuk Britaniya va Niderlandiyadan — bittadan. Shvetsiya qanchadir pul yuborishga va’da berdi. Fransiyadan — o‘n besh kishi. Germaniyadan ham taxminan shuncha. Qisqasi, shu bilan hammasi tugadi.
Grenlandiya maydoni ikki million kvadrat kilometrdan ortiq. Xo‘p, mayli, uch mushketor va ularga qo‘shilgan D’Artanyan butun boshli La-Roshelni bir necha soat himoya qilgan edi-ku. Bu yerda ham go‘yo qandaydir qahramonlik ko‘rinardi.
AQSh prezidenti bu g‘ala-g‘ovurga nazar tashlab, yevropaliklardan Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralarni qachon o‘tkazish qulayroq bo‘lishini so‘radi. Atlantikaning narigi tomonida qo‘rquvdan jimjitlik hukm surdi.
Javob bo‘lmagach, Tramp beparvolik bilan Grenlandiyaga o‘z harbiylarini yuborishga jur’at etgan barcha davlatlarga o‘n foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi.
Oradan bir necha soat o‘tmasdan Germaniyaning o‘n besh nafar harbiysi orolni tark etdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi shoshilinch buyruq chiqarib, missiya yakunlanganini ma’lum qildi. Bundesver vakillari esa Germaniya harbiylari barcha vazifalarni muvaffaqiyatli bajarganini bildirdi.
— Siz tentaksiz, Shveyk! — Xuddi shunday, men rasmiy ahmoqman. Menda hatto ma’lumotnoma ham bor.
Shu tariqa, Grenlandiya mudofaasida bo‘shliq paydo bo‘ldi va orol yevropaliklar uchun strategik ahamiyatini tez orada yo‘qotishi mumkin, degan xavotirlar kuchaydi. Endi esa bojlar masalasi bor. Birgina Germaniya uchun qo‘shimcha o‘n foizlik boj yiliga 15 milliard yevrogacha zarar keltirishi mumkin. Mamlakat esa allaqachon inqirozda. Yevropa Ittifoqining boshqa a’zolarida ahvol bundan ham og‘ir. 1-iyundan esa bojlar 25 foizga chiqadi. Qandaydir javob bo‘lishi kerak, chunki yevropalik askarlarning Grenlandiyadan shoshilinch qochishi AQSh prezidentini yumshatishi dargumon. "Dadajon jazolaydi".
Yevropaliklar Trampga juda “qattiq” javob qaytarishdi. Avvalo, Brusselda elchilarning shoshilinch uchrashuvi o‘tkazildi. Keyin esa Makron AQShga qarshi qo‘llashga va’da berilgan “savdo bazukasi” — Yevropa sanksiyalari va cheklovlari majmuasini eslatib o‘tdi.
Nihoyat, Belgiya mudofaa vaziri AQSh Grenlandiyani bosib olgan taqdirda “B rejasi” borligini ma’lum qildi. Biroq uning mazmuni oshkor etilmadi. Agar Belgiyaning o‘zi jahli chiqqan bo‘lsa… tarqashamiz, yigitlar.
Qo‘shma Shtatlarda esa yevropaliklarning bu urinishlari ustidan ochiqdan-ochiq kulishmoqda. Agar ular “dadajon”ni g‘azablantirsa, Tramp shunchaki Amerika bozorini yopib qo‘yadi. Bu esa Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun halokatli bo‘ladi. Grenlandiya qorlaridagi bechora yevropalik askarlar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. "Keling, ularni qo‘ng‘izlardek ezib tashlaylik!" — deya kinoya qiladi Fox News.
Donald Tramp hozir ko‘z o‘ngimizda jahon tarixiga kirib bormoqda. Agar u haqiqatan ham Grenlandiyani qo‘shib olishga muvaffaq bo‘lsa, AQSh nodir tuproqlar va qimmatbaho metallar zaxirasiga, Xitoydan Yevropaga olib boruvchi savdo yo‘lini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan Arktikadagi strategik tayanch nuqtaga, shuningdek, raketaga qarshi va havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylashtirish uchun muhim hududga ega bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlar bunday “sovg‘a”ni bir asrdan ortiq vaqtdan beri olmagan. Oxirgi hudud 1917-yilda, Vudro Vilson davrida, Daniyadan Virjiniya orollari sotib olingan edi. Bu yil esa AQSh tashkil topganining 250-yilligi nishonlanadi. Prezident mamlakatga tug‘ilgan kunga bundan yaxshiroq sovg‘a qilishi qiyin. Qiymati ham shunga yarasha — Grenlandiya keltirishi mumkin bo‘lgan foyda oldida 700 milliard dollar nima degan gap?
Yevropaliklarga esa bunga kuchsiz g‘azab bilan qarashdan boshqa chora qolmayapti: Vashingtonga qarshi na iqtisodiy, na harbiy vosita bor. Xalqaro huquqqa murojaat qilish ham befoyda — Tramp unga fuqarolar urushi paytida Oliy sudni cheklab qo‘ygan Avraam Linkoln kabi qaraydi. U uchun davlat manfaati har qanday qonunchilik mayda-chүydasidan ustun. Axir u Amerikani yana buyuk qilish uchun kelgan.