https://oz.sputniknews.uz/20260119/greenland-masalasi-ekspert-izoh-54900223.html
Tramp nomini abadiylashtirish va Xitoy bilan raqobat: Grenlandiya masalasida ekspert izohi
Tramp nomini abadiylashtirish va Xitoy bilan raqobat: Grenlandiya masalasida ekspert izohi
Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Igor Korotchenko Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shib olishga bo‘lgan urinishni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi global raqobat doirasida baholadi. Tramp tashabbusi va xalqaro huquq nuqtayi nazaridan tahlil.
2026-01-19T10:54+0500
2026-01-19T10:54+0500
2026-01-19T10:54+0500
dunyo yangiliklari
xitoy
rossiya
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/562/86/5628637_0:0:2949:1660_1920x0_80_0_0_5488b95f9b2b1e3cec27982a2b7dc5e8.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Agar u yoki bu ssenariy bo‘yicha Grenlandiya AQSh tarkibiga qo‘shib olinganida, bu Donald Tramp nomini tarixda abadiy qoldirgan bo‘lar edi. Bu fikrni Rossiyaning "Natsionalnaya oborona" jurnali” bosh muharriri Igor Korotchenko “SputnikLive”ga bergan intervyusida bildirdi.Shu bilan birga, ekspert Grenlandiyaning ehtimoliy qo‘shib olinishini Luiziananing sotib olinishi bilan qiyoslash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.Korotchenkoning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam xalqaro huquq normalariga zid hisoblanadi. U bu holat AQSh iqtisodiy raqobatda ustunlikka erisha olmagan joylarda harbiy-siyosiy usullar orqali kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga urinayotganini yana bir bor ko‘rsatayotganini qayd etdi.Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, u Grenlandiyani qo‘shib olishga bo‘lgan urinishni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi global qarama-qarshilik prizmasida baholaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260118/europe-trump-greenland-boj-fikrlar-54879806.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/562/86/5628637_138:0:2869:2048_1920x0_80_0_0_3315341f33cd6c16dc368fd8f5b416d4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
grenlandiya, aqsh grenlandiya, tramp grenlandiya, aqsh va xitoy raqobati, global qarama-qarshilik, xalqaro huquq, geosiyosat, igor korotchenko, natsionalnaya oborona jurnali, sputniklive, arktika siyosati, aqsh tashqi siyosati
grenlandiya, aqsh grenlandiya, tramp grenlandiya, aqsh va xitoy raqobati, global qarama-qarshilik, xalqaro huquq, geosiyosat, igor korotchenko, natsionalnaya oborona jurnali, sputniklive, arktika siyosati, aqsh tashqi siyosati
Tramp nomini abadiylashtirish va Xitoy bilan raqobat: Grenlandiya masalasida ekspert izohi
Ekspert fikricha, Grenlandiya atrofidagi muhokamalar alohida hududiy masala emas, balki AQSh va Xitoy o‘rtasidagi global raqobatning bir qismi hisoblanadi
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Agar u yoki bu ssenariy bo‘yicha Grenlandiya AQSh tarkibiga qo‘shib olinganida, bu Donald Tramp nomini tarixda abadiy qoldirgan bo‘lar edi. Bu fikrni Rossiyaning "Natsionalnaya oborona" jurnali” bosh muharriri Igor Korotchenko “SputnikLive”ga bergan intervyusida bildirdi.
Shu bilan birga, ekspert Grenlandiyaning ehtimoliy qo‘shib olinishini Luiziananing sotib olinishi bilan qiyoslash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.
“Sababi, biz XXI asrda yashayapmiz va bugun mutlaqo boshqa voqelik hukmron. Agar Tramp Grenlandiyani "yutib yuborsa", bu dunyo miqyosidagi hayratlanarli voqeaga aylanadi. Bunday ssenariyning o‘ziyoq butun jahonni lol qoldirmoqda”, — dedi u.
Korotchenkoning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam xalqaro huquq normalariga zid hisoblanadi. U bu holat AQSh iqtisodiy raqobatda ustunlikka erisha olmagan joylarda harbiy-siyosiy usullar orqali kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga urinayotganini yana bir bor ko‘rsatayotganini qayd etdi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, u Grenlandiyani qo‘shib olishga bo‘lgan urinishni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi global qarama-qarshilik prizmasida baholaydi.
“AQSh dunyodagi birinchi raqamli iqtisodiy derjava maqomini asta-sekin yo‘qotmoqda, Xitoy esa yetakchi o‘rinlarga chiqmoqda. Shu bois Trampning barcha tashabbuslarini aynan AQSh-Xitoy global raqobat nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish kerak”, — deya xulosa qildi Korotchenko.