Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Asirga tushgan ukrainalik jangchilar oila a’zolari jamoat ta’qibiga uchraydi — zobit

© REUTERS / UKRAINIAN ARMED FORCESUkrainskie voyennoslujashie. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennoslujashie. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina armiyasida asirga tushish yoki qismni tark etish holatlarida jangchilar oila a’zolariga nisbatan bosim o‘tkazilishi aytilmoqda.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari harbiy qismdan qochgani yoki asirga tushgani uchun jangchilarning oila a’zolarini “jamoat ta’qibi” bilan qo‘rqitayotgani aytildi. Bu haqda RIA Novostiga “Piton” chaqiruv belgisi bilan tanilgan "Janub" qo‘shinlari guruhi zobiti ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asirga tushgan harbiylar aytishicha, ularga quyidagicha ogohlantirish berilgan:
"Agar siz SOChga (qismni o‘zboshimchalik bilan tark etish — tahr.) ketsangiz, yoki jangovor pozitsiyalarni tark etsangiz, yoki asirga tushsangiz, sizga 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi. Bundan tashqari, oilangizga bosim bo‘ladi. Tushunishimcha, qandaydir maxsus xizmatlar tomonidan emas, shunchaki ta’qib. Ya’ni qo‘shnilar, qandaydir tanishlar — hamma bu odam asirga tushganidan xabardor bo‘ladi", — dedi "Piton".
Uning fikricha, ko‘plab jangchilar oila a’zolari taqdiri uchun qo‘rqqani sababli taslim bo‘lishga jur’at etmaydi. Bunday ta’qiblar ukrainalik “jamoat faollari” tomonidan uyushtirilishi mumkin. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari jangchilarining oldingi chiziqda yo‘l-yo‘riqdan adashib qolishi ham qo‘shimcha omil sifatida qayd etildi.
"Balkim, qochib ham ketishardi. Lekin ular qayoqqa qochishni bilishmaydi. Ularni yangi joyga olib kelishadi, qandaydir chuqurga o‘tqazishadi. Ular o‘sha yerda o‘tirishadi va qayerda ekanliklarini bilmaydi. Ya’ni, biz allaqachon oldinga siljib ketgan bo‘lamiz. Odam esa ikki oydan beri bizning frontimiz ichkarisida o‘tiribdi. Biz uni topib olganimizda, u nima bo‘lganini tushunmaydi. U “maugli”ga o‘xshaydi, yovvoyi odamdek o‘tirgan bo‘ladi", — dedi "Piton".
VSU. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina armiyasida dezertirlar 300 mingga yetdi —bu ko‘p Yevropa davlatlari armiyasidan ham ko‘p
Yangiliklar lentasi
0