Soliq kamayishi va elektrni sotish huquqi: ayrim yengil sanoat korxonalarga imtiyozlar berildi

© Sputnik / Baxrom XatamovV trikotajnoy fabrike
V trikotajnoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan paxta tayyorlash punktlari uchun soliq yuki kamaytirildi, yengil sanoat korxonalari va investorlar uchun esa qator yangi imtiyozlar joriy etildi
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Paxta tayyorlash punktlariga mol-mulk va yer soliqlarini 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lashga ruxsat berildi. Bu Prezident imzolagan qarorda belgilangan.
Imtiyoz paxta tayyorlash faoliyatining mavsumiyligi hisobga olingan holda joriy etildi va 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Qarorga muvofiq, yengil sanoat korxonalarida 1-yanvardan boshlab quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishlab chiqarilgan, korxona ehtiyojidan ortiqcha elektr energiyasini sotish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2029-yil 1-yanvarga qadar:
tijorat banklari balansidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining mol-mulklari investorlarga realizatsiya qilishda QQSdan ozod qilinadi;
tijorat banklari balansidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining mol-mulklarini xarid qilgan investorlarga ushbu korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini 6 oyda to‘liq tiklash sharti bilan 1-yil muddatga mol-mulk solig‘ini 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lashga ruxsat beriladi;
charm-poyabzal, mo‘ynachilik korxonalari va chorva mollarini so‘yish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun nazarda tutilgan foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar muddati uzaytiriladi.
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Yengil sanoat korxonalariga xomashyo garoviga $2 milliongacha kredit beriladi — yangi farmon
Yangiliklar lentasi
0