https://oz.sputniknews.uz/20260115/aholi-royxat-olish-boshlanish-54813439.html
Aholini ro‘yxatga olish boshlandi: tartib, saytdagi uzilishlar, imlo masalalariga izoh berildi
Aholini ro‘yxatga olish boshlandi: tartib, saytdagi uzilishlar, imlo masalalariga izoh berildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish boshlandi. Fuqarolar, jumladan xorijda bo‘lib turganlar, census.stat.uz sayti orqali OneID yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
2026-01-15T11:53+0500
2026-01-15T11:53+0500
2026-01-15T11:53+0500
aholini ro‘yxatga olish
o‘zbekiston
jamiyat
milliy statistika qo‘mitasi
raqamli texnologiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0c/51911354_0:145:2795:1717_1920x0_80_0_0_ef153bf7386a5d06bb1e53ebed887a1b.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi. Bu haqda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.Ma’lumotga ko‘ra, mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma rasmiy YouTube sahifasi orqali taqdim etilgan. Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tanlov asosida qimmatbaho sovg‘alar o‘ynab berilishi ma’lum qilindi.Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim fikrlarga javoban, saytda joylashtirilgan barcha matnlar va savolnomalar 7 ta tilda, til meyorlariga to‘liq rioya etilgan holda tayyorlangani qayd etildi. Matnlar Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi hamda Respublika ta’lim markazi tomonidan tekshirilib, tegishli tartibda tasdiqlangan.Shu bilan birga, ko‘p sonli foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida murojaat qilishi sababli qisqa muddatli texnik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi ogohlantirildi.Ta’kidlanishicha, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida savollar yuzaga kelgan taqdirda ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilishi yoki 1851 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260114/7-million-uy-gps-koordinata-54801737.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0c/51911354_155:0:2638:1862_1920x0_80_0_0_9709d83230c1a2e559f5f3153e3129bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, aholi ro‘yxatga olish, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish, census.stat.uz, onlayn ro‘yxat, oneid, aholi statistikasi, davlat ro‘yxatga olish, 2026-yil, fuqarolar, xorijdagi fuqarolar, elektron xizmatlar
o‘zbekiston, aholi ro‘yxatga olish, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish, census.stat.uz, onlayn ro‘yxat, oneid, aholi statistikasi, davlat ro‘yxatga olish, 2026-yil, fuqarolar, xorijdagi fuqarolar, elektron xizmatlar
Aholini ro‘yxatga olish boshlandi: tartib, saytdagi uzilishlar, imlo masalalariga izoh berildi
O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi boshlandi. Fuqarolar 17 kun davomida OneID orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ta oladi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi. Bu haqda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining rasmiy sahifasida
ma’lum qilindi.
Ma’lumotga ko‘ra, mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, xorijda vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolar uchun ham mavjud. Ular istalgan joydan yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘ta oladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha
videoqo‘llanma rasmiy YouTube sahifasi orqali taqdim etilgan. Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tanlov asosida qimmatbaho sovg‘alar o‘ynab berilishi ma’lum qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim fikrlarga javoban, saytda joylashtirilgan barcha matnlar va savolnomalar 7 ta tilda, til meyorlariga to‘liq rioya etilgan holda tayyorlangani qayd etildi. Matnlar Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi hamda Respublika ta’lim markazi tomonidan tekshirilib, tegishli tartibda tasdiqlangan.
Shu bilan birga, ko‘p sonli foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida murojaat qilishi sababli qisqa muddatli texnik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi ogohlantirildi.
Ta’kidlanishicha, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida savollar yuzaga kelgan taqdirda ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilishi yoki 1851 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.